Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
MIRZO ULUG‘BEK
(Tarixiy fojiadan lavhalar)
Q a t n a sh u v ch i 1 a r:
M i r z o U 1 u g‘ b e к i b n S h o h r u x - buyuk olim, M ovarounnahr 
hukmdori; 56 yoshda.
A b d u l l a t i f M i r z o — uning o ‘g‘li; 30 yoshda.
A 1 i Q u sh ch i — U lug'bekning shogirdi va m ahram i. Astronom ; 35 
yoshda.
S a k k o k i y — m ashhur shoir. Ulug'bekning do'sti; 45 yoshda. 
S h a y x u l i s l o m B u r h o n i d d i n — zam onaning taraqqiyparvar 
ulamolaridan; 65 yoshda.
A b b о s — Sayid Obidning o'g'li. Abdullatifning mahrami; 28 yoshda. 
A b d u r a z z o q S a m a r q a n d i y — m ashhur tarixchi; 35 yoshda. 
B e k A r s l o n — sardor; 50 yoshda.
M a v l o n o S h a m s i d d i n M u h a m m a d M i s k i n — Samarqand 
qozisi; 70 yoshda.
P i r i Z i n d o n i y (Hasan ohangar) — mahbus; 80 yoshda. 
B e r d i y o r — Ulug'bekning navkari; 35 yoshda.
O t a M u r o d — dehqon; 67 yoshda.
C h i n , H i n d , F a r a n g, M i s r, R u s elchilari.
A m i r T e m u r n i n g a r v o h i .
Samarqand atrofida K o'hak tog'ining etagida, uch oshyonalik rasadxonaning 
old tom oni va eshigi ko'rinadi.
Ham m ayoq qorong'i. Faqat Chiniy koshonaning derazalaridan xira yorag' nurlar 
ko'rinadi. Osmon g'oyat yorqin. G o'yo firuza rang m arm ar ko'zguga sonsiz oltin 
zarralar sepilgandek fazoda va bepoyon samovotda sanoqsiz yulduzlar poriaydi. 
Ko'kdagi oy o'rog'i ufqlardan ko'tarilib ketmoqda. Bir tom onda baland minorada 
M i r z o U l u g ' b e k qo'llarini qovushtirgan ho Ida koinotning bu sehrii kitobini
sayr-u tom osha etmoqda.


U 1 u g‘ b е к
Go'daklikdan yulduzlarga bo‘ldim oshufta.
Bilmak, butun koinotga sirdosh bo‘lmoqlik,
Kitoblarning lol tiliga quloq solmoqlik,
Haqiqatgo'y donolardan ta’lim olmoqlik 
Menga orom bermas edi o'sha chog‘larda...
...Ma’rifatning dargohiga qo‘ydim ixlosim.
Og‘ir bo'ldi qismat menga ortgan vazifa.
Men, sultonlar o‘rtasida bo‘ldim donishmand, 
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,
Bu o‘lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.
Insonlarga aytib turdim: boqqin samoga,
Qancha toza va musaffo, farahbaxsh, zebo.
Ey, odamzod, ibrat olgin yulduzlardan sen 
Xayrixohlik va balandlik xislatlarida.
Shaltoqlarda ag‘namagin, ko‘taril, yuksal,
So‘qir baxtdan ko'rar ko‘zli baxtsizlik afzal.
Eh, saodat yaratilmas buyruqlar bilan 
Zehnlarga nur umg‘in sepdim muttasil,
Katta hosil kutmoqdaman, nuroniy hosil!
D e v o n b e g i ajnabiy elchilar bilan — Chin, H ind, Misr, Farang, Rus 
e l c h i l a r i bilan kirib keladi.
U 1 u g‘ b e к
Xush kebdurlar, elchibeklar, dargohimizga,
Eshitgayman arzlarini!
Ch i n e 1 ch i s i
Ma’lumingiz, shu huzurda turgan elchilar 
Jannatmakon padaringiz Shohrux Mirzoning 
Vafotida ta’ziyaga kelgan vakillar.
Undan keyin bizlar bir yil shaharma-shahar 
Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,
Hammayoqda mehmondo‘stlik, ehtirom ko'rdik.
H i n d e 1 ch i s i
Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,
Xuroson-u Turkistonni sayr etib chiqsam,
Undan keyin ko'ra olsam janoblarini!
Zero, Hindning barcha orif va olimlari


Siz hazratning nomlarini ko‘b ulug‘laydi, 
Madrasangiz, rasadingiz tillarda doston. 
Samarqanddan Balx orqali Dehliga qadar 
Borib kelgan karvonlarning suhbatlarida, 
Ulug‘bekning madrasasin xatm etib qaytgan 
Hindistonlik mullalarning har kalomida 
Donishmandlar shohin shohi Ulug'bek nomi. 
Shukurlarki, ko‘ra oldim janobingizni!
M i s r e 1 ch i s i
Biz Misrdan ta’ziyaga kelib qolganda 
Sultonimiz Sizga yozgan salomnomani 
O'zlariga bergan edim Hirot taxtida. 
Turkistonning, Xurosonning donishmandlari 
Yozgan nodir asarlari jahonda ma’mf. 
Samarqandning, Buxoroning olimlariga 
Ilalabad minnatdordur arab ellari.
Hatto bizning tilimizni, tariximizni 
Bizga ta’lim qilib turdi u donishmandlar.
Bizga agar lutf etilsa mxsati oliy 
U kitoblar nusxasidan olib ketgaymiz.
F a r a n g e l c h i s i
Biz dunyoning g‘oyat olis chekkasidanmiz. 
Mulkingizni kelib ko'rdik va ishondikki,
«Sharq vahshati» borasida hamma gap bo‘hton 
Va ko'rdikki, Ulug‘bekning zamonasida 
Din-u millat xusumati yo‘q Turkistonda.
Ko‘p bilimlar o'rgangusi faranglar sizdan. 
Yuraklarda minnatdorlik liissi bilan biz 
Yo‘l olamiz uzoq ynrtga — Farangistonga. 
Mag'ribdagi insonlarga rostin aytamiz!
R u s e 1 ch i s i
Muzli, qorli mamlakatdan keldim bu elga, 
Ammo singdi yuragimga go'yo harorat. 
Turkistonning matolari Moskovda tanqis,
Istar edik uzilmasin karvonlar safi. 
Karvonlarga shohi bilan yuklansin do'stlik, 
Shohi kabi muloyimlik, paxtaday soflik!


U 1 u g‘ b е к
Amir Temur himmatidin Ulug'bek so'zim!
Sizlar ranji qadam qilib diyorimizga —
Kelganingiz ehtirom deb tushunamiz biz.
Jannatmakon otamizning ta’ziyasiga 
Qora libos kiyib kelgan do‘stlarga rahmat!
Bundan buyon to‘ylarga ham, bayramlarga ham 
Tashrif qilib kelgaysizlar!..
A 1 i Q u sh ch i bir dasta qo‘lyozma kitoblar olib kelib Ulug‘bekning oldiga qo‘yadi.
U 1 u g‘ b e к
Bu — shogirdim, Ali Qushchi, mahramim, do‘stim.
Sizlar uchun olib kelgan esdalik — tuhfa.
A l i Q u sh ch i
Ustoz Mirzo Ulug'bekning yulduz jadvali!
U 1 u g‘ b e к
Bu asarlar uzoq mehnat samarasidur.
Shu jadvalda keltirilgan ta’rif va tavsif 
Ko‘kda bir ming o‘n sakkizta yulduzga oid,
Borib bering shahringizda munajjimlarga.
Topganini baham ko‘rar jo ‘mard odamlar,
Kaslif etganin yashirmagay olimlar sira.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish