Sultanova Gulshan Shukurillo qizi



Download 439,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana25.09.2021
Hajmi439,87 Kb.
#185204
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
oquvchilarga tasviriy sanatni oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

28 


II-bob. Tasviriy san‟at darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil   

            etishda pedagog mahoratining amaliy ahamiyati. 

 

  2.1. Ta‟lim jarayoni  samaradorligini oshirishda ta‟limni texnologik tashkil   



      etishda o„qituvchi mahoratining didaktik imkoniyatlari. 

 

Pedagogik  texnika  o‗qituvchi  faoliyatining  ichki  mohiyati  bilan  tashqi 

ko‗rinishini birlashtiruvchi vositadir. 

 Boshqacha qilib aytganda, o‗quvchi bilan muloqotda bo‗lishning usullari va 

vositalarining  yig‗indisidir.  Bo‗lar  o‗qituvchiga  murakkab  va  nozik  pedagogik 

vazifalarni hal qilish imkonini beradi. 

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini 2 guruhga bo‗lish mumkin: 

1-guruhga  pedagogning  uz  xulqini  boshqarishi  kiradi.  Unga  tanani 

boshqarish  (mimikava  pantomimika),  hissiyot  va  kayfiyatni  boshqarish 

(asabiylashmasliq yaxshi kayfiyat hosil qilish), ijtimoiy-ruhiy qobiliyatlar (dikkat, 

kuzatuvchanliq  xayol),  gapirish  texnikasi  (nafas  olish,  ovozni  yokimli  qilish, 

talaffuz, tovush (tempi) tezligi) misol bo‗ladi. 

2-guruhga  ayrim  shaxs  va  jamoaga  ta‘sir  etish  uquvi  kiradi.  Ta‘lim-tarbiya 

jarayonining  texnologiyasi  vazifasini  bajaradi.  Bunda  didaktik  va  tarbiyaviy, 

tashkiliy  va  konstruktiv,  talabchanlik  va  muloqotga  kirishish  madaniyati,  jamoa 

ijodiy ishlarini tashkil qilish va boshqalarga e‘tibor qaratiladi. 

Bu  mahorat  pedagogning  kasbiy  jihatdan  o‗z-o‗zini  nazorat  qilishini 

ta‘minlaydi,  ko‗p  yillar  davomida  sog‗lom  asab  tizimini  saqlab  kolish,  asabiy 

buzilishlardan,  hissiy  va  akliy  zuriqishlardan  o‗zini  tiyishda  yordam 

beradi.samarali pedagogik o‗zaro ta‘sir ko‗rsatishni tashkil etish uchun o‗qituvchi 

aktyorlik  va  rejissorlik  mahorati  tarkibiy  qismlarini  egallashi  zarur.  Ular 

o‗qituvchiga  bolalar  bilan  muomala  qilishda  tarbiya-lanuvchilarning  aql-

idrokigagina emas, balki ularning hissiy tuyg‗ulariga ham ta‘sir ko‗rsatish, ularga 

olamga  hissiy  munosabatda  bo‗lish  tajribasini  ancha  to‗liq  bera  bilishga 

yordamlashadi.  Shunday  qilib,  o‗qituvchining  pedagogik  texnikasi  –  bu  shunday 

malakalar yig‗indisidurki, u pedagogga tarbiya-lanuvchilar ko‗rib va eshitib turgan 

narsalar orqali ularga uz fikrlarini va kalbini yetkazish imkonini beradi. 



 

29 


Bolalar  bilan  bevosita  muloqot  qilishda  pedagogning  xuddi  mana  shu 

malakalari uning xulq-atvorida namoyon bo‗ladi. 

Rivojlangan  pedagogik  texnika  o‗qituvchiga  o‗zini  pedagogik  faoliyatda 

chuqurrok  va  yaqqolrok  ko‗rsatish,  bolalar  bilan  muomala  qilganda  uz 

shaxsiyatidagi kasbiy jihatdan barcha yaxshi, ahamiyatli narsalarni ochib berishga 

yordamlashadi.  Mukammal  pedagogik  texnika  pedagogning  vaqti  va  kuchlarini 

ijodiy  ishi  uchun  bo‗shatib  beradi,  o‗zaro  pedagogik  ta‘sir  ko‗rsatish  jarayonida 

bolalar bilan muomala qilishda zarur so‗zni topish yoki muvaffaqiyatli chiqmagan 

gap  ohangini  tushuntirishga  uz  fikrini  chalg‗itmaslik  imkonini  beradi.  Pedagogik 

texnikani  egallab  olgan  o‗qituvchi  ovozi  bo‗g‗ilganidan  yoki  o‗zining  ishi  bilan 

bog‗liq  bo‗lmagan  qandaydir  kechinmalarni  unitishni  bilmasligidan  azoblanib 

yurmaydi.  Demak,  pedagogik  texnikani  egallash  o‗qituvchining  uz  kasb 

faoliyatidan qanoatlanish darajasining o‗sishiga olib keladi. 

Pedagogik texnika  malakalarini bir butun tarzda qarab chiqish zarur. Avvalo 

pedagogik  texnikaning  hamma  uchun  umumiy  bo‗lgan  malakalarni  tadbiq  etish 

sohasini, pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini kayd qilish zarur. 

Rivojlangan  pedagogik  texnika  o‗qituvchiga  o‗quvchilar  bilan  muomala 

qilganda zarur so‗z, gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng utkir 

va  kutilmagan  pedagogik  vaziyatlarda  osoyishtalikni  va  aniq  fikr  yuritish,  tahlil 

qilish  qobiliyatini  saqlab  kolish  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari,  haqikiy 

pedagogik ta‘sir ko‗rsatishda o‗qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha 

malakalari bir vaqtda namoyon bo‗ladi. Nutq  imo-ishora, mimika,  harakat bilan 

birga  sodir  bo‗ladi.  Uzluksiz  o‗zini  tuta  bilish  ta‘sirchan  vositalarni  tanlashga, 

muvaffaqiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi. 

 Pedagogik  texnika  malakalarining  boshqa  muhim  xususiyati  shundan 

iboratki,  ularning  hammasi  aniq  ifodalangan,  aynan  o‗ziga  xos  tarzda  bo‗ladi. 

YA‘ni  pedagogning  ruhiy  fiziologik  xususiyatlari  asosida  tarkib  topadi.  Har  bir 

o‗qituvchiga xos bo‗lgan pedagogik texnika pedagogning yoshi, jinsi, mijozi, fe‘l-

atvori,  sihat-salomatligi,  anatomik  fiziologik  xususiyatlariga  bog‗liq  bo‗ladi. 

Pedagogik texnika malakalari o‗qituvchining o‗ziga xos shaxsiy xususiyatlari bilan 




 

30 


chambarchas bog‗liqligi, faqat bu malakalarning individual tusda bo‗lishligi emas, 

balki  ularning  shakllanishi  va  rivojlanishi,  pedagog  shaxsiga  ta‘sir  ko‗rsatishda 

namoyon  bo‗ladi.  Yuqorida  aytib  o‗tilganidek,  pedagogik  texnika  malakalari 

vaziyatga  bog‗liq  ravishda,  pedagogning  xulq  atvorida  ayni  bir  vaqtda  namoyon 

bo‗ladi.  Shu  ma‘noda  gapirganda,  bu  malakalarni  egallash  o‗qituvchining 

pedagogik jihatdan maqsadga muvofik xulq-atvorini tashkil etish vositalaridan biri 

sifatida qaralishi mumkin. 

Pedagogik texnika shakllanishi shaxsning unchalik paykab bo‗lmas sifatlariga 

ham  rivojlantiruvchi  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Chunonchi,  nutqning  ifodali,  savodli,  sof 

bo‗lishi  ustida  ishlash  fikrlashning  ravon  bo‗lishiga  ta‘sir  qiladi.psixik  faoliyatni 

mustaqil  tartibga  solish  usullarini  egallash  fe‘l-atvorda  bo‗lgan  hissiy 

vazminlikning rivojlanishiga olib keladi. 

Pedagogik  texnikaning  xususiyatlaridan  yana  biri  shuki,  pedagogik  ta‘sir 

ko‗rsatishdagi  malakalar  orqali  pedagogning  ma‘naviy  va  estetik  nuqtai  nazarlari 

tarbiyalanuvchilarga  yetib  boradi.  Pedagogik  texnika  malakalarining  shakllanishi 

ma‘lum darajada pedagogning umumiy madaniyat ko‗rsatgichini, ya‘ni shaxsning 

pedagogik  imkoniyatlarini  aks  ettiradi  deyilsa  to‗g‗ri  bo‗ladi.  Agar  pedagogning 

nutqi  kashshok  va  tartibsiz  bo‗lsa,  agar  u  bo‗lar-bo‗lmas  sabablar  bilan  uz 

hissiyotlariga  erk  bersa,  didi  past,  estetik  jihatdan  kashshok  bo‗lsa,  u  holda  eng 

to‗g‗ri  so‗zlar  ham,  eng  «kerakli»  tadbirlar  ham  tarbiyalanuvchilarning  aql-

idrokiga,  ma‘naviy  dunyosiga,  hissiyotiga  foydali  ta‘sirqil-maydi.  O‗quv 

jarayonining  barcha  bosqichlarida  butun  tizimning  asosiy  texnologik  jihati-o‗quv 

jarayonining so‗nggi natijalariga yo‗naltirilganligini kuzatish mumkin. 

       Umumiy  ko‗rinishda  pedagogik  texnologiya  tarkibiga  quyidagilar  kiradi:  

identifikatsiyalashgan  o‗quv  maqsadlarini  ishlab  chiqish;  o‗quv  maqsadlari 

(barchasini  qamrab  oluvchi  tasnif)  taksonomiyasi;  o‗quv  maqsadlarini  nazorat 

(test)  topshiriqlariga  aylantirish;  maqsadga  erishish  usullari  (o‗z  ichiga  bir  necha 

qoida va prinsiplarni oladi); erishilgan o‗quv maqsadlarini baholash. 

       Bu  tarkibiy  kismlarning  har  biri  optimallashtirilgan  pedagogik  operatsiyalar 

tizimini tashkil etadi. 




 

31 


Endi tasviriy san‘atni o‗qitishda maqsad kuyishning ahamiyatini ko‗rib chiqamiz. 

Pedagogik  texnalogiya  so‗z  birikmasi  asosida    "Texnologiya",    "Texnologik 

jarayon" tushunchalari yotadi. Bu sanoatda texnik hujjatlar  belgilanadigan  va aniq 

natijaga  erishishga  karatilgan  operatsiyalar  tizimini  anglatadi,  pedagogikada  esa  - 

o‗quv predmeti bo‗yicha metodik ishlanmalar majmui deb yuritiladi. 

     


 Pedagogik  texnologiyani  tushunish  asosiy  yo‗li  aniq  belgilangan 

maqsadlarga  karatilganlik,  ta‘lim  oluvchi  bilan  muntazam    o‗zaro    aloqani  

o‗rnatishdir.  O‗zaro  aloqa  pedagogik  texnologiya  asosini  tashkil  qilib  o‗quv 

jarayonini  to‗liq qamrab olishi kerak.  

      

Pedagog  odatda  o‗z  oldiga  o‗quvchilar  o‗quv  materialining  mazmunini  



tushunib,  o‗zlashtirib  olishsin,  ma‘lum  bilimlarni  egallab,  amaliyotda    qo‗llashga  

o‗rgansin degan maqsadni kuyadi. Lekin, o‗zlashtirish, tushunish, qo‗llash nimani  

anglatadi? 

      


Pedagog o‗z oldiga quygan maqsadga erishganligini qanday biladi? 

      


Pedagogik  maqsadlarga  erishganlik  yoki  erishmaganlikni  bilishning  aniq 

vositalari  bo‗lgandagina,  pedagog  o‗zining  mexnati  samarali  ekanligiga  va  

tanlagan uslublari maqsadga muvofikligiga  yoki  aksincha  samarasiz  ekanligiga 

ishonch  xosil  qilishi  mumkin.  Odatdagi  o‗qitish  uslubini  tadqiq  qilishda  

pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi. 

Ma‘lumki,  pedagog  jamiyatdan  buyurtmani  umumiy  kurinishda  oladi.  Xattoki, 

o‗quv  dasturlarida  belgilangan  maqsadlar  ham  bir  nechta    tushuntirishlar    bilan 

cheklangan.  Bu  yerda  maqsadlarni  aniqlashtirishning  o‗ziga  xos  pillapoyasini  

tuzish  mumkin:  jamiyatning  umumiy    talablaridan-ta‘lim    tizimi    vazifa-lariga, 

ulardan - ma‘lum o‗quv yurti, o‗quv predmeti, uning tematik bo‗limlari va  alohida 

o‗quv masalalariga ega. 

 

Endi  maqsadlarni  to‗g‗ri  qo‗yilishi,  maqsadlarni  ta‘lim  mazmuni  va  uni 



o‗zlashtirish natijalari bilan bog‗lanishi bundagi nazorat  topshiriqlarini tayyorlash 

darajasini mukammal egallash maqsadida  o‗qituvchilar pedagogik texnologiyalar 

asosida ma‘ruza matnlari ko‗rinishidagi metodik ishlanmalar tayyorlash maqsadga 

muvofiqdir.  




 

32 



Download 439,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish