Sultanova Gulshan Shukurillo qizi


Umumiy  o„rta  ta‟lim  va  hunar  maktabini  isloh  qilishning  asosiy



Download 439,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana25.09.2021
Hajmi439,87 Kb.
#185204
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
oquvchilarga tasviriy sanatni oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish

 

Umumiy  o„rta  ta‟lim  va  hunar  maktabini  isloh  qilishning  asosiy 

yo„nalishlarida  amalga  oshirilayotgan  hozirgi  sharoitda  ta‟lim-tarbiya  

bolalarning  har  tomonlama  kamol  toptirishning  asosini  vujudga  keltiradi. 

Ularda  o„tilgan  materialni  tez  tushunishini,  amaliyotda  qo„llay  olishini, 

hisoblash,  yozish  va  madaniy  xulq  malakalarining  mustahkam  shakllanishini   

ta‘minlaydi.  Bundan  tashqari  umumiy  o‗rta  ta‘lim  va  kasb-hunar  maktablari 

o‗qishga  ijtimoiy-foydali  mehnata  halol  munosabatni,  Vatanga  muhabbatni 

tarbiyalaydi.  O‗qitish  jarayonida  ta‘limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 

maqsadlarning  qo‗yilishi  bilimlarni  o‗zlashtirish  hamda  zarur  shaxsiy  sifatlarni 

shakllantirish  uchun  yaxshi  sharoitlarni  vujudga  keltiradi.  Darsda  bilimlarni 

o‗zlashtirish  jarayonida  qarashlar  va  ma‘naviy  sifatlar  ham  shakllanadi,  albatta, 

ya‘ni  mazkur  funksiyalarning  birligi  va  o‗zaro  bog‗liqligi  ko‗zatiladi.  Masalan, 

agar  bola  dastur  materialini  o‗zlashtirsa,  mustaqil  fikrlashi  yetarli  darajada 

rivojlanmaganidan qat‘i nazar, unga yuqori baho qo‗yamiz. Va aksincha, mustaqil 

holda  va  ishonch  bilan  mushohada  yurita  oladigan  o‗quvchi  dastur  materialini  

yetarlicha o‗zlashtirmagan bo‗lsa, ijobiy baho ololmaydi.  

O‗qituvchinng  o‗qitish  funksiyalari  o‗zaro  bog‗liqligini  chuqur  tushunish  unga 

darsning ta‘limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini ijodiy yo‗sinda qo‗yish 

va  hal  qilish  imkonini  beradi.  Darslarda  qo‗yiladigan  maqsadlar  ta‘lim  tarbiya 

ishlarini  amalga  oshirishda  usullarni  izlash    va  darsning  rang-barangligini 

ta‘minlashga yordam beradi. O‗qituvchining o‗qitish jarayonida ushbu vazifalarni 

amalga oshirishni bilishi ularning ijodkorlik va pedagogik mahorat bilan ishlashini 

ta‘minlaydi.  

O‗qitish  jarayonida  ta‘limiy-tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlarni  ajratish, 

bilimlarni o‗zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun yaxshi 

sharoitlarni vujudga keltiradi. Darsda bilimlarni o‗zlashtirish jarayonida qarashlar 

va  ma‘naviy  sifatlar  ham  shakllanadi,  ya‘ni  mazkur  funksiyalarning  birligi  va 

o‗zaro bog‗liqligi ko‗zatiladi.  

O‗qitishning  ta‘limiy  funksiyasi  mazmunining  boshqa  bir  jihati  dallili  o‗quv 

materialini  o‗zlashtirishdir.  O‗qitishning  ta‘limiy  maqsadini  amalga  oshirish 




 

33 


o‗quvchilarga  beriladigan  bilimlarning  harakteriga  bog‗liq.  Ta‘limiy  maqsad 

qanchalik aniq belgilansa va u darsda olingan o‗quv materialiga qanchalik muvofiq 

bo‗lsa, darsda o‗qitish metodini tanlash shunchalik oson bo‗ladi. 

O‗qitishning  ta‘limiy  maqsadi  majmui  ham  berilgan  bilimlar  asosida 

shakllanadigan  ko‗nikmadan  iborat  bo‗lib,  bilimlarning  harakteri  tegishli 

ko‗nikmalar bilan belgilanadi. 

O‗qitishning  tarbiyaviy  maqsadi  o‗quvchilarda  ijobiy    qarash  va  e‘tiqodlarni, 

ahloqiydik, irodalilik va hissiyotlarni shakllantirishdan iboratdir. O‗qituvchi har bir 

darsda  o‗quv  materialini  o‗rgatish  jarayonida  tarbiyaviy  vazifaning  ma‘lum 

tomonini amalga oshiradi. Dunyoqarash, shaxsning ahloqiy fazilatlari, hissiyotlar, 

irodalilik  va  boshqa  larni  tarkib  toptirish  uzluksiz  jarayon  bo‗lib,  uni  aniq 

cheklangan qismlaga ajratish mukin emas.  

Tarbiyaviy  maqsadning natijalari  ta‘limiy  maqsadning natijalari  kabi  muayyan  va 

aniq  bo‗lmaydi.  Tarbiyaviy  maqsad  turli  o‗quvchida  turlicha  amalga  oshadi. 

Darsning  tarbiyaviy  maqsadi  o‗quvchi  shaxsida  muayyon  ahloqiy,  estetik, 

emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantiradi. 

Har  qanday  o‗quv  materialini  o‗rganish  o‗quvchining  kamol  topishiga,  undagi 

fikrlash  mantiqining,  bilish  kuchlari  va  o‗qish  motivining  rivojlanishiga  ta‘sir 

ko‗rsatadi.  O‗qitishning  rivojlantiruvchi  maqsadini  amlga  oshirish  tarbiyaviy 

maqsadni  amalga  oshirish  bilan  o‗xshaydi.  Tarbiyaviy  maqsadni  amalga 

oshirishdagi  singari  kamol  toptirish  vazifasini  amalga  oshirishda  eng  muhimi 

o‗quvchining kamol topishga intilishini shaklantirishdir.  

Bitta  darsda  analiz,  sintezning  matiqiy  usullarini,  mavhum  fikrlash  qobiliyatini 

rivojlantirish,faol va mustaqil fikrlarni shakllantirish vazifasini qo‗yish va amalga 

oshirish  mumkin  emas.  Darsning  kamol  toptirish  maqsadini  amalga  oshirish 

doimiy ravishda ma‘lum g‗oyalarni rejelashtirish va fikrlash mantiqini, faollik va 

bilishga qiziqishni rivojlantirishdan iboratdir.  

    


Pedagogik  texnologiyalarning  an‘anaviy  metodikadan  yana  bir  farqi 

o‗quvchi  va  o‗quvchilarni  mustaqil  bilim  olishiga  jiddiy  e‘tibor  beriladi.  Endi 

pedagogik texnologiyalarda maqsadlar va nazorat topshiriqlarni belgilashda asosiy 



 

34 


rol  bajaruvchi  Blum  taksonomiyalari  haqida  kengroq  to‗xtalamiz.  Blum 

taksonomiyalari  quyidagi  kategoriyalarga  ega:  bilish,  tushunish,  foydalanish, 

analiz, sintez va baholash. Bu kategoriyalarning har biriga qisqacha to‗xtaymiz. 

 

1. Bilish -  bu kategoriya o‗quv materialini eslab qolish va esga tushurishni 



anglatadi.  Gap  har  xil  shakldagi  mazmun  haqida  borishi  mumkin,  konkret 

faktlardan  yahlit  nazariyagacha.  Bu  kategoriyaning  umumiy  xususiyatiga  talluqli 

ma‘lumotlarni eslash. 

 

2. Tushunish – o‗rgangan narsaning ahamiyatini tushuna olish qobiliyatining 



ko‗rsatkichi  bo‗lib,  o‗quv  materialini  bir  shakldan  boshqa  shaklga    o‗tkazish, 

ko‗chirishga xizmat qilishi mumkin (masalan  og‗zaki shakldagi o‗quv materialini 

yozma  matematik  shaklga  ko‗chirish).Tushunish  ko‗rsatkichi  bo‗lib,  o‗quvchilar 

tomonidan  materialni  tushuntirish,  qisqa  izohlash    yoki  hodisalarni  keyinchalik 

bo‗lib  o‗tishi  haqida  faraz  qilish    xizmat  qiladi.  O‗qitishning  bunday  natijalari 

materialining oddiy eslab qolishdan ustun turadi. 

 

3.  Umumiy  tushunchalar,  qoidalar  uslublardan  foydalanish.  Bu  yerga 



tushunchalar,  qoidalar,  uslublar,  tamoillar,  nazariyalaridan  foydalanish  kiradi. 

O‗qitish natijalari tushunishga nisbatan materialni chuqurroq bilishni talab qiladi.  

 

4. Tahlil (analiz) – butun narsani bo‗laklarga, elementlarga bo‗lish, bo‗laklar 



gradatsiyasini  (bo‗laklar  orasidagi  izchillik)  ,  bog‗lanishlarini,  o‗rnatish.  O‗qitish 

natijalari  bunda  yuqori  darajada  intelektual  harakterga  ega  bo‗ladi,  chunki 

materialning ichki mazmunini va to‗zilishini aniqlash talab qiladi. 

 

5.  Sintez  -    yangi  strukturaga  (to‗zilish)  erishish  maqsadida  elementlar 



(bo‗laklardan) butun narsani tuzish. Bunda o‗qitish natijalari ijodiy faoliyatni talab 

qiladi.  

 

6.  Baholash.  Tanlangan  maqsadlar  asosida  materiallar  va  uslublarni 



baholash.  Bu  kategoriya  yuqorida  qayd  etilgan  barcha  kategoriyalar  bo‗yicha 

o‗qitish natijalariga erishishni va shuningdek baholovchi hukm chiqarishni nazarda 

tutadi. 

 

 




 

35 


 

B.Blum taksonomiyasi o‗quv faoliyatining turli sohalarini kamrab oladi: kognitiv 

(bilish), affektiv (hissiy —qadriyatli), psixometod (harakat)li. 

1. 


 

Kognitiv  soha.  Bunga  mavjud  bilimlarni  qayta  tafakkurlash, 

ularni 

o‗zlashtirilgan 

harakat 

usullari 

bilan 

chog‗ishtirish, 



ya‘ni   g‗oyalar   tuzish   zaruriyatiga   tegishli   o‗quv   maqsadlari 

.kiritiladi. Ular o‗qituvchining kundalik faolyyati uchun kerakli hisoblanib, o‗quv 

dasturi va darsliklarda o‗z ifodasini topadi. 

2. 


Affektiv 

soha. 


Bunga 

qiziqish 

va 

moyilliklarni 



shakllantirish, 

yoki 



bu 

sezgilar 

ta‘sirida 

hayajonlanish, 

munosabatni 

shakllantirish, 

uni 

faoliyat 



davomida 

anglash 


va 

yuzaga     chiqarish    maqsadlari    kiritiladi. Bdshqacha qilib aytganda, obyektiv 

borliqqa bo‗lgan hayajonli shaxsiy  munosabatlarni shakllantirish maqsadlari  – bu 

sohaning asosini tashkil etadi.  

3.    Psixometodli  soha.  Bunga  u  yoki  bu  motorli,  manipulyativ  faoliyat  turlarini, 

asab,  muskullarni  markazlashtirish  ko‗nikmalarini  shakllantirish  bilan  bog‗liq 

maqsadlar  kiritiladi.  Misol  uchun,  mehnat  ta‘limi  dasturida  belgilangan  o‗quv 

maqsadlari  aynan  shu  sohaga  tegishlidir.  Blum  taksonomiyasi  quyidagi  to‗rt 

prinsip asosida qurilgan: 

amaliy:  o‗qituvchi  —  amaliyotchi  uchun  taksonomiya  samarali  qurol  bo‗lishi; 

o‗zida maqsadlar ketma-ketligini)ifodalashi lozim; 

psixologik: taksonomiya zamonaviy psixologiya fani yutuqlariga tayanishi lozim; 

mantiqiy: taksonomiya mantiqiy tuzilgan va muayyan ichki tuzilmaga ega bo‗lishi 

lozim; 


-   obyektivlik:   maqsadlar (iyerarxiyasi) ular   qadriyatlari ketma-        ketligini 

belgilaydi. 

Blum taksonomiyasini tasviriy san‘at darslarini  tashkil qilishda qo‗llanilishi juda 

ham  yaxshi samara berishi mumkin, yani kafolatli natijaga erishishga asosiy omil 

bo‗lishiga  sabab  fanning  o‗ziga  xosligidir.  Mashg‗ulot  jarayonida  ushbu 



 

36 


taksonomiya  orqali  o‗quvchida  ijodkorlik,  tahlil  va  sintez  qilish,  elementlarni 

umumlashtirish, tassavurni boyitish kabi xususiyatlarni shakllantiradi.  

  

Pedagogik texnologiya asoslangan o‗quv jarayonini tashkil  etishda  nazorat 



topshiriqlarini  tuzish  maqsad  (o‗quv  maqsadi)  bilan  uzviy  bog‗liq  holda 

o‗tkazilishi  lozim.  Bunday  paytda  reja  va  dars  konspektlari  (kontrol  

topshiriqlardan  sung  o‗tkazilgan  darslar  ham)    samaraliroq    bo‗lgan    holda  

o‗qitishning maqsad va vazifalari bilan bog‗liq bo‗ladi. 

       O‗quvchilarning  vazifalari  haqida  o‗qitishning  natijalari    sifatida  o‗ylang. 

Shunday  qilib,  o‗qitishning  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  tekshirish  va 

baholash lozim. 

       Vazifalarni yanada aniqlash maqsadida quyidagilarni qo‗llang: 

     -  har  bir  vazifalar  guruxini  "Dars  yakunida  o‗quvchilar  quyidagilarni  bajara 

olishlari lozim..."- deb boshlang; 

     - har bir vazifani nomerlang; 

     - har bir vazifani quyidagi fe‘llardan boshlang:  sanab  o‗ting,  eslang,   so‗zlab 

bering, ko‗rsatib bering, tanlang, hisoblang va xokazo; 

     - har bir vazifalarni o‗quvchi terminida qo‗ying (o‗qituvchi terminida emas); 

     - har bir vazifa faqat bita  natijani ko‗zlasin, ikkita-uchtani emas; 

     - har bir vazifani shunday qo‗yingki, toki u o‗qituvchining o‗tadigan  darsining 

bosqichlarini  emas,  balki  "o‗quvchining  o‗zini  keyinchalik    qanday    tutishi 

kerakligiga ishora qilsin"; 

     -  vazifalarni  shunday  yozingki,  uning  ishlatilishini  mezonlash  va  qanday  qilib 

maqsadga erishilganligini aniqlash mumkin bo‗lsin; 

     -  ular  buni  qila  oladilarmi?-  degan  savol    obyektiv  baholashda    ishlatiladi 

(kerakli test topshiriqlarini tuzishda) . 

       Vazifalar  bizlarga  o‗quv  savollarini,  temalarni,  bo‗limlarni,  predmetni, 

nimalarni baholash kerakligini (og‗zaki, yozma yoki test  uslubida) aniqlab beradi. 

       Agar  vazifalar  aniqlangan  bo‗lsa,  unda  o‗quv  natijalarini  aniqlash  uchun 

kontrol topshiriqlar tuzish lozim. Bular og‗zaki, yozma, kontrol savollari  yoki test 

bo‗lishi mumkin. Test ishlanmalarining ketma-ketligini ko‗ramiz: 



 

37 


    Uzoq muddatli o‗qitish  uchun  muljallangan,  umumiy ta‘limiy maqsad, ushbu 

boshlang‗ich sinflardan ko‗zlangan maqsad  (kurs, bo‗lim maqsadi va xokazo)  

       Avval  aytganimizdek,  o‗quv  maqsadlarini  ruyobga  chiqarishda  fe‘l    tanlash 

ham katta rol o‗ynaydi. Masalan, og‗zaki va yozma nutq jarayonidagi vazifalarni 

bajarish  maqsadida  quyidagi  fe‘llardan  foydalanish  mumkin:  so‗z  bilan    ifodalab 

bermok,  yozib  olmoq,  natijasini  chiqarmoq,  ta‘kidlamoq,  aytmoq,  o‗qimoq, 

buginlarga bo‗lmoq, hikoya qilmoq va hokazo. 

       Bilimlar - bog‗lanishlar bo‗lgani uchun, bog‗lanishlar esa o‗rganiladigan yangi 

va  o‗zlashtirilgan  eski  orasida  tashkil  topishi  mumkin  bo‗lganligidan  bu  eski 

qancha ko‗p va boy bo‗lsa, ya‘ni  unda  qancha ko‗p bog‗lanishlar ishlab chiqilgan 

va  o‗rnatilgan  bo‗lsa,  shuncha  ko‗p    yangi    bog‗lanishlar  o‗rnatish  mumkin  va 

egallangan  yangi  bilim  shuncha  boy  bo‗ladi.  Bilim    sifati  karalayetgan  xodisalar 

o‗rtasida  o‗rnatiladigan  bog‗lanishlar    soni    bilan,  ya‘ni  ular  o‗zaro  ta‘sirini 

tushunish kengligi  bilan  aniqlanadi.  Bog‗lanishlar bo‗lmasa, demak bilimlar ham 

yuk, biz o‗rganiladiganni yeddan esda  koldiradigan bo‗lsak ham. Yangining eski 

bilan,  yangining  elementlari  orasida  boy    bog‗lanishlar  o‗rnatildimi,  demak, 

qimmatbaho, boy bilimlar egallandi. 

       Bog‗lanishlar  maksimal  tashkil  topishi  uchun  pedagogik  texnologiyaning 

quyidagi qoidalari yo‗naltirilgan: 

     -  Ekvivalent  amaliyot  qoidasi:  o‗qitish    shart-sharoitlarida    o‗quvchilarning 

kutiladigan harakatlari test o‗tkazish yoki imtixon vaqtida kutiladigan  harakatlarga 

to‗la mos keladi. 

     -  Analogik  amaliyot  qoidasi:  o‗quvchilar  so‗nggi  fe‘l-atvor  bilan  bir    xil 

bo‗lmagan, ammo o‗xshash fe‘l-atvor aktlarida mashq qilish imkoniyatiga ega. 

     -  "Natijalarni  bilish"  qoidasi:  o‗quvchiga  har  bir  xizmatining    natijasini  zudlik 

bilan  xabar  qilish;  bu  prinsip  joriy  baholash  asosida    yetadi    (o‗qitishda  teskari 

bog‗lanish prinsipi). 

     - 


Pedagog 

tomonidan 

ijobiy 

mustaxkamlovchi 

reaksiyalar 

qoidasi:  

o‗quvchining  harakatiga  reaksiya  ma‘kul  harakatlarni    mustaxkamlashi    zarur;  

noto‗g‗ri  harakatlar  uchun  tanbex  berilmaydi,  balki  konstruktiv,  istakli    tarzda  




 

38 


sharxlanadi (masalan, "yana bir marta ifodalashga urinib kur"  yoki  "senga  bo‗lim 

mazmunini yana bir marta ishlab chiqish kerak"). 

       Mazkur  qoidalarning  bir  ma‘noli  tabiati  o‗qitishning    reproduktiv    tabiatini 

ifodalaydi. 

       Programmali o‗qitish   chegarasida   o‗quv   jarayonini   pedagogik  texnologiya 

asosida  joriy  etishda    qator  prinsiplar  mavjud.  Ularning  muhimlariga  quyidagilar 

kiradi: 

     - kichik qadamlar. Bu prinsipga ko‗ra o‗quv materialini mumkin bo‗lgan kichik 

kismlarga (kadamlarga) bo‗lish maqsadga muvofik; 

     - 


javobni  darrov  tasdiqlash.  O‗quvchi  to‗g‗ri  javob    berganligi  

(yechganligi)xaqidagi  ma‘lumotni  olish  imkoniyatiga  ega  bo‗lishi  kerak.Buning 

uchun u o‗zining javobini to‗g‗ri javob  bilan taqqoslashi kerak; 

     - o‗qitish sur‘atini individuallashtirish; 

     - murakkablikning asta-syokin ortishi; 

     -  bilimlarni  differensial  mustaxkamlash:  o‗qitish  kadamini  har  bir 

mumlashtirishni turli mazmunli kontekstlarda takrorlash va yetarli mikdorda  puxta 

tanlangan misollar misollar yordamida izoxlash zarur. 

       Sanab  o‗tilgan  qoidalar  va  prinsiplar    maqsadlarga    erishish    usullari 

elementlaridan iboratdir. 

       O‗quv maqsadlariga erishish uchun o‗qitishning turli modellari, shu  jumladan, 

an‘anaviy modellari ham kullanilishi mumkin. Konkret shart-sharoitlarning har bir 

tipi o‗qitishning optimal  modelini tanlashning qandaydir formal mezonlarning o‗zi 

umuman  mavjud  emas  -  bugun    bu  to‗la    vakolatlilik,    tajriba,  soglom  fikr, 

o‗qituvchining  sezgisi  masalasidir.  Pedagogik  texnologiyalarning  asosi-o‗qitish 

natijalarini diagnostik va operatsional ifodalangan maqsadlar sifatida rejalashtirish 

va tasviriy san‘atni o‗qitishda o‗quv jarayonining natijaliligini uzluksiz diagnostika 

qilish.  Aniq  qo‗yilgan  erishiladigan  maqsadlar  har  bir  vaqtda  berilgani  shart-

sharoitlarda  pedagogik  xazinadan  mos  metodlarni,  shakllarni,  usullar  va  ularga 

erishish vositalarini tanlab olishga imkon beradi. 




 

39 


Tadqiqotimiz  tahlillari  shuni  ko‗rsatdi-ki  kasb-hunar  maktablari 

o‗quvchilarining  bilim  olishlari  o‗ziga  hos  hususiyatga  ega.  Bu  borada 

prezidentimiz  Islom  Karimovning  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  IX 

sessiyasida  so‗zlagan  nutqida  quyidagicha  izohlagan:  ―Mazkur  o‗quv  yurtlari 

zamonaviy  jihozlanganligi,  o‗qituvchi-pedagoglar  saviyasi,  o‗qish  jarayonining 

tashkil  etilishi  va  o‗quvchi  kamida  2-3  zamonaviy  kasb-hunar  bera  olishi  bilan 

oldingi PTU lardan tubdan farq qilishi kerak:...‖ Yuqoridagi fikrlarga qo‗shilgan 

xolda,  pedagogik  kolejlarda  ta‘limni  zamonaviy  texnologiyalar  asosida  tashkil 

etish o‗ziga xos ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. 

Qo‗yilgan  ilmiy  farazlardan  kelib  chiqib,  ta‘lim  va  tarbiya  texnologiyasini 

yaratishda  shaxs  tuzilmasi  va  uning  rivojlanish  dasturini  ishlab  chiqishdek 

(onaning homiladorlik davridan boshlab 20-25 yoshgacha bo‗lgan davrini qamrab 

oluvchi)  dolzarb  vazifa  kun  tartibiga  qo‗yiladi.  Ushbu  vazifaning  yechimida 

tarbiya texnologiyasi asosida ta‘lim texnologiyasini takomillashtirish konsepsiyasi 

yaratiladi.  Ana  shunda  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  Dasturining  sifat  bosqichi 

talablari va  istiqboliy  yo‗nalishlari  ilmiy-amaliy  asosda o‗z  yechimiga  ega bo‗lib 

boradi.  

Jumladan,  hozirgi  bosqichda  tarbiya  va  ta‘lim  mazmunini  erkinlashtirish 

bilan  bog‗liq  qiyinchiliklarning  eng  asosiysi,  bu  pedagogik  g‗oyalar  va  ilmiy-

amaliy tavsiyalarni hayotga tatbiq etilmayotganligidandir. 

O‗quv  jarayonini  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarlar  asosida  tashkil 

etishda  umumta‘lim  maktabi  o‗quvchi  shaxsi  kasbiy  sifatlarining  shakllanishini 

ham  talab  qiladi.  O‗qituvchilik  kasbida  uchrashi  mumkin  bo‗lgan  har  qanday 

qiyinchiliklarni  yengib  o‗tishga  o‗zini  bag‗ishlaydi.  Bunday  kasb  egalari  fidoyi 

bo‗lishadi. Fidoyi inson iymonli, e‘tiqodli bo‗ladi. O‗z yurtini, ona-diyorini dildan 

yaxshi  ko‗radi.  Tadqiqot  ishi  jarayonida  kasbiy  sifatlarning  o‗zaro  uyg‗unligi 

aniqlandi.  Kasbini  ardoqlagan,  bilimdon  insonlar,  albatta,  madaniyatli  bo‗ladi. 

Kasbiy sifatlar tizimida shaxsning bilimdonligiga alohida e‘tibor berildi. 

  

Shunday  bo‗lsa-da,  ilmiy  tahlillardan  shu  narsa  ma‘lum  bo‗ldiki,  kasbiy 



sifatlarda hal qiluvchi fazilatlar bolajonlik, bola shaxsini hurmat qilish, o‗z kasbini 


 

40 


dildan  sevish,  shirinsuxan  va  samimiy  bo‗lishdir.  Bilimdonlik  ulardan  keyingi 

o‗rindaligi alohida e‘tiborni tortadi. Bilimdon bo‗la turib, o‗z kasbini sevmaslik va 

uni  ardoqlamaslik-madaniyatsizlikning  ko‗rinishidan  o‗zga  narsa  emas.  Kasbga 

bo‗lgan  munosabatida,  ko‗rib  o‗tilganidek,  bunday  shaxslar  o‗qituvchilik  kasbini 

shunchaki    ma‘lumot  olish  uchun  (tadqiqot  jarayonida  29  foizni  tashkil  etgan) 

tanlashadi.  Ularda  o‗z  faoliyatiga  to‗g‗ri  munosabatda  bo‗lish,  vaqtdan  unumli 

foydalanib  o‗z  ustida  ishlash,  o‗qish  va  o‗rganishga  ijodiy  yondashish  rejasi 

бўлмайди. 

                                         

 

 



 

                        2-jadval 

   Umumta‘lim  maktabi    o‗quvchilarining  tasviriy  san‘atni  o‗qitish  jarayonida 

faoliyatini baholash mezonlari ( 100ta  maktab o‗quvchisi ) 

t/r 

Faoliyat  turlari 



Baho 

mezonlari 

1. 


Ijodkorligi   ko‗zga tashlanmaydi 

Ijodkorlik faqat  oilasida namoyon bo‗ladi  

 Sinfdoshlari bilan bo‗lgan munosabatida 

Har doim 

Past 

O‗rtacha 



yuqori  

a‘lo  


38 


41 

12 


2. 

Bilim olishda faolligi ko‗zga tashlanmaydi 

Faqat oilasida  

 Sinfdoshlari bilan bo‗lgan hamkorlik faoliyatida 

Har doim 

Past 


O‗rtacha 

Yuqori  


A‘lo 

10 


25 

49 


16 

3. 


Suhbatdoshini bilan munozaraga kirisha olishi ko‗zga 

tashlanmaydi 

Faqat oilasida  

 Sinfdoshlari bilan bo‗lgan munosabatida 

Har doim 

 

Past 



O‗rtacha 

Yuqori  


A‘lo 

 

11 



21 

35 


33 

4. 


Bilimdonligi  va  o‗z  fikrini  himoya  eta  olishi  ko‗zga 

tashlanmaydi 

Faqat oilasida  

 Sinfdoshlari bilan hamkorlik faoliyatida 

 

Past 


O‗rtacha 

Yuqori  


 

17 


31 

34 



 

41 


Har doim 

A‘lo 


18 

5. 


Kasbiy  o‗z-o‗zini  boshqara  olishi  va  o‗z-o‗zini  tahlil 

eta olishi ko‗zga tashlanmaydi 

Faqat oilasida  

 Sinfdoshlari bilan hamkorlik faoliyatida 

Har doim 

 

Past 



O‗rtacha 

yuqori  


a‘lo 

 

19 



35 

32 


14 

6. 


O‗z-o‗ziga talabchan va ijodkor bo‗lishi 

Ko‗zga tashlanmaydi 

Faqat oilasida  

 Sinfdoshlari bilan hamkorlik faoliyatida 

Har doim 

 

Past 



O‗rtacha 

yuqori  


a‘lo 

 

27 



30 

36 


Pedagogik  kuzatuv,  suhbat  va    anketa  so‗rovi  metodlari  orqali 

kommunikativ  tarbiyaga  xos  sifatlarni  shartli  ravishda  baholash  jadvali  ishlab 

chiqildi.  Quyidagi  jadval  asosida  keltirilgan  baholash  mezonlari  orqali 

o‗quvchilarning ijodkorlik sifatlarini  aniqlab borish mumkin ( 2-jadval). 

Ushbu  jadval  orqali  har  bir  o‗quvchining  ijodkorlik  faoliyatiga  differensial 

yondashish  mumkin.  Maktab  o‗quvchisining  tasviriy  san‘atga  qiziqishi, 

mas‘uliyatining  rivojlanishi,  suhbatlar  va  bahs-munozaralar  jarayonida  muloqot 

madaniyatining  shakllanishi  jamoada,  ayniqsa,  o‗zaro  paydo  bo‗layotgan 

ziddiyatlarni  bartaraf  etishga  va  shaxslararo  munosabatlarning  sog‗lom  hamda 

demokratik asosda o‗tishiga olib keladi.  

  Yuqoridagi  jadvaldan    hamda  tadqiqot  tahlillaridan  ko‗rinib  turibdiki, 

tasviriy san‘at darslarini samarali joriy etishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini 

ishlab  chiqish,  ilgari  surilayotgan  g‗oyalarning  hayotiyligini  uzluksiz  ta‘lim 

tizimining barcha bo‗g‗inlariga tatbiq etish muhim dolzarb muammo hisoblanadi. 


Download 439,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish