Ramzes II davrida Misr.
Seti I miloddan avvalgi 1301-yilda vafot etganidan so`ng Misr taxtiga uning o`g`li Ramzes II (1301–1235) o`tiradi. U mamlakatda 66 yil podsholik qilib, mamlakat obodon-chiligiga katta e`tibor beradi. Ramzes II davrida yangi yerlar o`zlashtiriladi, sug`orish tarmoqlari kengaytirilib, dehqonchilik rivoj topadi. Ramzes II O`rtayer dengi-zining sharqiy sohilidagi mamlakatlarni bosib olish uchun Kichik Osiyodagi Xettlar bilan qat-tiq kurash olib boradi. U miloddan avvalgi 1296-yilda bo`lib o`tgan jangda xettlardan yengilib asir tushishiga oz qoladi. Miloddan avvalgi 1296–1280-yillar orasida Misr bilan Xett davlati o`rtasida qonli janglar bo`lib o`tadi. Urushda goh Xett, goh Misr qo`shinlari g`olib chiqqanlar. Nihoyat miloddan avvalgi 1280-yilda Ramzes II bilan Xett podshosi Xettusili III o`rtasida tinchlik va do`stlik bitimi tuziladi. Sulhga ko`ra ikki mamlakat podsholari bir-birlariga har tomonlama yordam berishga kelishib olinadi. Ana shu bitimning Misr va akkad tillarida yozilgan nusxalari bizgacha yetib kelgan. Bitimda mingta Xett va mingta Misr xudolari garov qilib qo`yilganligi bayon etilgan. Bitimga muvofiq Suriyaning shimoli Xett davlatiga, Janubiy Suriya, Palastin va Finikiya sohillarining katta qismi Misr tasarrufiga o`tgan. Ramzes II davrida Misr qo`shinlari Nubiyaga ham bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirganlar. Misr qo`shinlari u yerdan juda ko`p boylik va o`ljalar bilan qaytganlar. Ramzes II davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq yuksalgan. Misr harbiy jihatdan sharqning eng qudratli davlatiga aylangan.
Ramzes II vorislari davrida Misr.
Ramzes II miloddan avvalgi 1235-yilda vafot etadi. Taxtga uning o`g`li Merneptax o`tiradi. Merneptax davrida (1235–1215) Misrning kuch-qudrati susayadi. Bundan foydalangan g`arbiy cho`1 qabilalari Misrga bostirib kirib, Memfes shahrini qamal qiladilar. Shimoldan «dengiz xalqlari» Misrga bostirib kiradi. Misr qo`shinlari qo`shni qabila va xalqlar hujumini qaytaradi. Shu davrda Suriyada Misrga qarshi qo`zg`olon ko`tariladi. Misr qo`shinlari Suriya shaharlaridagi qo`zg`olonlarni qiyinchilik bilan bostiradilar. Misrning o`zida suriyalik Irou degan kishi qullar va osiyolik yollangan jangchilarga tayanib qo`zg`olon ko`taradi. Qo`zg`olonchilar boylar va ibodatxonalarning mulklarini talaydilar. Misr qo`shinlari qo`zg`olonchilarni shafqatsizlik bilan bostiradilar. Qo`zg`olonchilar qattiq jazolanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |