Bahorgi Suli navlari
Uzbekskiy Shirokolistniy - O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tekshirish instituti va sobiq buguni tgifoqo‘simlikshunoslik instigutining seleksion navi.
K11302 (Avstraliya) keng bargli namunasidan, kechki shar shakllarini ko‘plab tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
1981 yildan Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida bahorgi ekish muddati don va yashil ozuqa uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Doni yirik, jigar rang, 1000 ta donining vazni 29.8- 31,2 g. O‘rtacha don hosildorligi Samarkand Davlat nav sinash stansiyasida oralik ekin sifatida 26,8 sentner, quruq moddasi - 108,8 sentnerni tashkil etdi.
Vegetasiya davri oraliq ekin sifatida -185 kun, bahorgi ekish muddati - 102- 107 kun. Nav O‘zbekiston sharoitida yaxshi o‘sadi, bahorgi sovuqlarga chidamli.
Yerni ishlash. Suli eqiladigan maydonlar albatta kuzda shudgorlanishi va 60 kg fosforli o‘g‘it va 8-10 tonna go‘ng berilishi kerak. Ekish oldidan bahorda yer 12-14 sm chuqurlikda yomshatiladi, borona yorgiziladi.
Eqiladigan urug‘lar albatta saralanadi. Suli boshog‘idagi donlar bir tekis bo‘lmaydi. Urug‘lik sifatida uning birinchi (pastki) qismidagi donlar yaxshi hisoblanadi, ulardan baquvvat o‘simliklar rivojlanadi. Suli hamisha erta bahorda eqiladi. Bahorda tuproq harorati 2-3°C bo‘lganda urug‘lari una boshlaydi. Ekishni kechiktirib bo‘lmaydi, ekish muddati kechikkan sari hosildorlik kamayib boradi. Ekish me’yori tuproqning unumdorligi va1000 dona urug‘ vazniga qarab o‘zgarib turadi. Ekish me’yori 100 kg bo‘ladi, 2-2,5 mln. dona urug‘ sarflanadi.
Ekish usullari. Suli oddiy qatorlab va tor qatorlab ekilganda oddiy qatorlab ekilgandagiga qaragaida ancha yoqori hosil olinadi. Bizda suli keng qatorlab, ya’ni qator oralarini 60 sm qilib eqiladi. Suli yaxshi to‘playdi. Ekishdan oldin urug‘lar albatta dorilanadi, mayda urug‘lari ekilmasligi kerak, ma’lumki yirik urug‘lardan baquvvat maysalar unib chiqadi. Yirik urug‘larning unuvchanligi bir necha yoqori bo‘ladi. Urug‘ning tozaligi 97 foiz, unuvchanligi 90 foiz bo‘lishi kerak Urug‘lar qorakuya va ildiz chirish kasalligiga qarshi 75 foiz (3,0-3,5 kg/t) vitovaks bilan dorilanadi. Urug‘lar SZ3,6, SZP3,6, SZS, SZS2,1 markali seyalkalarda eqiladi. Chunki suli yaxshi to‘planadi. Urug‘ ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga, uning namligiga va urug‘ ekish muddatiga bog‘lik. Og‘ir soz va qumoq tuproqli yerlarda suli urug‘i 4-5 sm, yengil qumoq tuproqlarda 6-7 sm chuqurlikda eqiladi.
Sulini parvarish qilish. Bahorda suli qator oralari albagga ishlanadi. Begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, 2 marta kultivasiya qilinib, mineral o‘g‘itlar beriladi va o‘suv davrida 4-5 marta sug‘oriladi. Lozim bo‘lsa hasharotlarga qarshi kurashiladi. Suli ro‘vagining yoqorisidan boshlab pishadi.
O‘g‘itlash. Suli mineral va organik o‘g‘itlarga talabchan. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni kuzgi shudgorlash oldidan, azotli o‘g‘itlarni ekin ekish oldidan o‘tkaziladigan kultivasiya vaqtida solish tavsiya etiladi. Urug‘ekish bilan bir vaqtda gektariga 0,5 s dan fosforli donador o‘g‘it solish ham yaxshi samara beradi. Suli o‘simligi 1 t don olish uchun, tuproqdan 27-30 kg‘ azot, 10-12 kg fosfor, 22-29 kg kaliyni o‘zlashtiradi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni asosan kuzgi shudgor bilan berish lozim (50-60 foiz), qolganini bahorda to‘plash va naycha tortish fazasida beriladi. Suli urug‘lari pishgandan so‘ng tez to‘kilib ketadi. Suli ham oddiy usulda don kombaynlari bilan yig‘ib olinadi, hosil pishish davri bahorgi bug‘doyning pishish davriga to‘g‘ri keladi. Sulini mum pishish davrida, ya’ni donining namligi 30-40 foiz bo‘lganda o‘rib olishga kirishilsa bo‘ladi. Kombaynlar bilan don to‘liq pishib yetilganda o‘riladi. Donni nobud bo‘lishdan saqlash uchun avval o‘rib keyin yanchilishi lozim. Chorva mollarini yem-xashak bilan ta’minlash maqsadida suli maydonlari kengaytirilsa yaxshi bo‘ladi. O‘zbekistonning lalmi bahorikor maydonlarida kuzgi sulini ekish qo‘shimcha don olish imkonini beradi. Suli bug‘doy va arpa kabi qurg‘oqchilik sharoitida ham yaxshi hosil beradi. Bahorgi Sulini ekish usuli, me’yori chuqurligi kabi tadbirlar kuzgi suli agrotexnikasi bilan bir xil bo‘ladi. Faqatgina navlari va ekish muddatida farq bo‘ladi. Sulining ko‘pgina navlari duvaraq ularni kuzda yoki bahorda ekish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |