83
tasdiqladi. Ya’ni o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirishga
borasida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlar
guruhlarining
respondent-tarbiyalanuvchilari SOS bolalar shaharchasi o’smirlar guruhlari
respondentlarinikiga nisbatan yuqori ko’rsatkichlarni qayd etdilar. Tajriba-
sinov ishlari natijalarini Student-Fisher kriteriyasi asosida statistik tahlil
qilish mazkur xulosaning haqqoniyligini tasdiqladi.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
1. Nazariy o’rganish zamonaviy sharoitda mehribonlik uylari
tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllanirish ularni komil
inson sifatida tarbiyalashning muhim asosi ekanligini tasdiqladi.
2. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy
sifatlarni shakllanirishda biologik va ijtimoiy omillarning ta’sirlarini inobatga olish
lozimligi muassasalar faoliyatini kuzatish asosida to’la tasdiqlandi.
3. O’zbek xalqi mentalitetiga xos bo’lgan xislat – bag’rikenglik yetimlarga
yordam ko’rsatish, ularni moddiy, ma’naviy va ruhiy qo’llab-quvvatlash,
shuningdek, ularni mutlaqo begona oilalar tomonidan farzandlikka olishda ham
yaqqol namoyon bo’lishi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirishda yaqqol namoyon bo’ladi.
4. Tadqiqotni ilmiy-pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etish mehribonlik
uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirish
yo’nalishlarini aniq belgilab olish lozimligi ko’rsatdi.
5. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida ma’naviy-axloqiy
sifatlarni shakllanirishga qaratilgan pedagogik faoliyat yo’nalishlarini
aniq belgilab
olish amaliyot uchun tavsiya etilayotgan metodika g’oyalarini to’g’ri shakllantirish
imkoniyatini yaratdi.
6. Tarixiy-nazariy tahlil natijasida O’zbekiston sharoitida Mehribonlik uylari
faoliyatini takomillashtirish, unda o’quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali
tashkil etish masalalari tadqiq etilganligi ma’lum bo’ldi. Biroq,
tarbiyalanuvchilarni aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy hamda ruhiy kamolotga
84
yetkazishda ayrim jihatlarning inobatga olinmaganligi ularni ijtimoiy hayotga
tayyorlashda kutilgan natijalarga erishilmaganlikni ko’rsatdi.
7. Maqsadning aniqligi hamda vazifalarning to’g’ri belgilanganligi tajriba-
sinov ishlarini tashkil etishga yordam berdi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi
o’smirlarida ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirisha doir maxsus metodikaning
ishlab chiqilganligi tajriba jarayonining samarali tashkil etilishini kafolatladi.
8. Maxsus metodika mehribonlik uylari tarbiyalanuvchi o’smirlarida
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllanirishga oid ko’nikma va malakalarini yanada
rivojlantirishga imkon berdi.
Tajriba-sinov ishlari natijalarini Stьyudent-Fisher kriteriyasi asosida statistik
tahlil qilish mazkur xulosaning haqqoniyligini tasdiqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: