Sug’urta qiluvchi tashkilot tabiiy ofat yoki boshqa ko’zda tutilmagan sabablar natijasida ko’rilgan zararlarni sug’urta xaqidagi qonun yoki sug’urta shartnomasi asosida shartlar ko’zda tutib qoplashni o’z zimmasiga oluvchi tashkilotlar. Sug’urta tashkilotlarining «O’zagrosug’urta», «Kafolat», «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi kabi turlari mavjud. SHuningdek xususiy sug’urta tashkilotlari kiradi. O’ziga tegishli mol-mulkni sug’urta qildirgan korxona, xo’jalik tashkiloti yoki o’z xayotini sug’urtalovchi fuqarolar sug’urtalanuvchi xisoblanadilar. Majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta tashkiloti ro’yxatidan o’tgan mol-mulk egalari yoki ixtiyoriy sug’urta bo’yicha shartnoma tuzib, sug’urta badalini to’laganlar sug’urtalanuvchilar qatoriga kiradi.
Sug‘urtalanuvchi — sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug‘urtalanuvchi — sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Sug‘urta vositachilari — sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.
Risk — bitta kutilayotgan hodisa bo‘yicha xavfning yuzaga kelishi.
Tibbiy sug‘urta— aholi sog‘lig‘ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta — turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining obyekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar sug‘urtalanishi mumkin.