Sug‘urta bozorini rivojlanish tendensiyalari……………………….
3
Kirish
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimiz yalpi ichki
mahsuloti 8,1 foizga o’sdi, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga,
qishloq
xo’jaligi 6,9 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi.
Shuningdek eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o’shdi,
eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning
natijasida xomashyo bo’lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni
tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million
dollardan oshdi. Inflyatsiya darajasining o’sish sur’ati prognoz ko’rsatkichlari
doirasida saqlab qolindi va 6,1 foizdan oshmadi
1
.
O’tish
davrida
makroiqtisodiy
barqarorlikka
erishish
iqtisodiy
rivojlanishning eng ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Makroiqtisodiy barqarorlik
haqida gap borar ekan, albattda inflyatsiya, ishsizlik muammolari ko’z oldimizga
keladi. Har qanday jamiyatda o’tish davrida inflyatsiya darajasi va ishsizlik
miqdori nisbatan yuqori bo’ladi. Shuningdek sug’urtada sug’urta qilingan ob’ekt
javobgarligini bo’yicha zararni qoplash va ularni o’z vaqtida ta’minlash kerak.
Shuning uchun sug’urta faoliyatini maxsus vakolatli davlat organi tomonidan
tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish mavzuning dolzarb jihatlarini
belgilab beradi.
Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning
asosiy maqsadi sug’urta mahsuloti iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
hisoblanadi. Sug’urta nazorati davlat organing barcha faoliyati, ya’ni
sug’urtalovchilarning sug’urta faoliyatini nazorat qilish va moliyaviy
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Normativ- huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqish va ularning amalda qo’llanilishi ustidan nazorat o’rnatish kabilarni
sug’urta mahsuloti is’temolchilarining huquq va manfaatlarini davlat tomonidan
himoya qilinishining choralari sifatida qabul qilishi mumkin.
1
Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga moljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustivor yonalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 17.01.2015 y
.
4
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2011 yil 24 iyunda
tasdiqlangan va vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan “2010 yilda
O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish
bo’yicha hisobot”da qayd etilishicha, 2010 yilda O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta nazorati davlat
inspektsiyasi tomonidan
respublika fuqarolarining 46 ta shikoyat xati, shuningdek yuridik va jismoniy
shaxslarning sug’urta masalalari bo’yicha 100 dan
ortiq yozma murojaatlari
ko’rib chiqilgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda ularga javob
berilgan
1
.
Sug’urta faoliyatini nazorat qilishning amaldagi mexanizmi, umuman,
xalqaro amaliyot talablariga mos keladi. Ammo, bu masalada tartibga solishning
samaradorligini oshirishning muayyan imkoniyatlari mavjud. Holbuki,
O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish
to’g’risida”gi Qonunda moliyaviy xizmatlar ijrochisining iste’molchilar oldida
bankrot bo’lish yoki tugatilish holatidan javobgarligini sug’urta qilish
majburiyati belgilangan. Ammo, mazkur qonunning
bu talabi hozircha amalga
oshmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: