Sug’urta ishi” fanidan 1-qismi o’quv tarqatma materiallari


III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar



Download 4,14 Mb.
bet49/143
Sana03.07.2022
Hajmi4,14 Mb.
#733934
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143
Bog'liq
Sug’urta ishi” fanidan 1-qismi o’quv tarqatma materiallari

III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) sug‘urtalovchilar uchun:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar);
Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda:
sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan unga a’zolik to‘g‘risidagi yozma bitimining nusxasini;
sug‘urtalovchining Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Faoliyati predmeti ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sug‘urta tovoni va tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan o‘z filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.
Faoliyati predmeti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda:
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sug‘urta tovoni haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta tovonini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.
b) sug‘urta brokyerlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning bir qismi) ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
ustav kapitali to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (bank ma’lumotnomasi, mol-mulkni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlar).
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
91. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
10. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan bevosita litsenziyalovchi organga pochta aloqasi orqali yoki ular qabul qilinganligi haqida xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya talabgorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilishi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
11. Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish