954-modda. Sug‘urtalovchini sug‘urta tovonini va sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilish asoslari
Sug‘urtalovchi, agar qonunda yoki sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va sug‘urta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, sug‘urta tovonini va sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilinadi:
yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaharlanish ta’sirida; harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar.
Agar mulkiy sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar uchun sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |