"Sug‘urta asoslari"


Daromadlarni taqsimlash va sug‘urtalovchilarning xarajatlari



Download 0,73 Mb.
bet52/153
Sana15.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#370046
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153
Bog'liq
Qobulov h. A

Daromadlarni taqsimlash va sug‘urtalovchilarning xarajatlari



Sug‘urtalovchining xarajatlari sug‘urta fondini taqsimlash jarayonida shakllanadi. Xarajatlar tarkibi va strukturasini ikki o‘zaro bog‘liq iqtisodiy jarayonlar: sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni qoplash va sug‘urta tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish aniqlab beradi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta ishida xarajatlarni quyidagicha turkumlash qabul qilingan: sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari; zahira va rezerv fondlariga ajratmalar; oldini olish tadbirlariga ajratmalar; ish yuritish xarajatlari. Bu xarajatlar birgalikda sug‘urta operatsiyalarining tannarxini bildiradi.

O‘z salmog‘i va ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi ahamiyati bo‘yicha sug‘urtalovchi xarajatlarining asosiy moddasini sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari tashkil qiladi. To‘lov paytida sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchi oldida shartnoma tuzish paytida olgan yoki qonun asosidagi (majburiy sug‘urta bo‘yicha) majburiyatlarini bajarilishi ro‘y beradi.

Zahira fondlari yoki badal rezervlariga ajratmalar sug‘urta ishidagi kelasi davr xarajatlarining o‘ziga xos bir variantini bildiradi. Ular sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarining me’yoriy va haqiqatdagi kattaliklari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Sug‘urtalanuvchi xarajatlarining boshqa elementlari singari oldini olish tadbirlariga ajratmalar ham tarif stakasi tuzilishida me’yorlashtirilgan. Davlat sug‘urta boshqarmasi amal qilgan davrlarda oldini olish tadbirlarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar budjetga yo‘naltirilgan. Endi bu mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining o‘zlarida bo‘lmokda.

Sug‘urta ishida ish yuritish xarajatlari muhim rol o‘ynaydi. Ular sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, brutto-stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash xarajatlari, xo‘jalik va idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi.

Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari akvizitsion, inkassa, bartaraf (likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga bo‘linadi.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish