Mulkiy sug‘urta.
Fuqarolar hayot darajasi sug‘urtasi.
Javobgarlik sug‘urtasi.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi.
Mulkiy sug‘urtada obyekt bo‘lib moddiy qiymatliklar hisoblanadi; fuqarolar hayot darajasi sug‘urtasida – ularning hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati; javobgarlik sug‘urtasida obyekt bo‘lib sug‘urtalanuvchilarning turli javobgarliklari, mas’uliyatlari, majburiyatlari hisoblanadi; tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasida esa, obyekt vazifasini tadbirkorlik ishlari bo‘yicha turli tavakkalchiliklar bajaradi
Biroq, sug‘urtani yuqorida sanab o‘tilgan sohalarga bo‘linishi korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning sug‘urtani amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi aniq sug‘urta manfaatlarini ochib bera olmaydi. Bu manfaatlarni aniqlashtirish maqsadida sug‘urta sohalarini sug‘urta tarmoqlari va turlariga bo‘lish zarur.
Mulkiy sug‘urta mulkchilik shakli va sug‘urtalanuvchilar toifalaridan kelib chiqib, bir nechta tarmoqlarga bo‘linadi: davlat korxonalari mulki sug‘urtasi, jamoa xo‘jaliklari, ijarachilar, shirkatlar, xissadorlik jamiyatlari va jamoatchilik tashkilotlari mulki sug‘urtasi hamda fuqarolar mulki sug‘urtasi.
Fuqarolarning hayot darajasi sug‘urtasi ikkita tarmoqka ega: ishchilar, xizmatchilar va jamoa xo‘jaliklari a’zolarining ijtimoiy sug‘urtasi hamda fuqarolar shaxsiy sug‘urtasi.
Javobgarlik sug‘urtasi esa quyidagi tarmoqlarga ega: qarz sug‘urtasi hamda yetkazilgan zararni qoplash sug‘urtasi. Bu fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi ham deb yuritiladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasida ikkita tarmoq mavjud: daromadlarni bevosita hamda bilvosita yo‘qotilish tavakkalchiliklari sug‘urtasi.
Sug‘urtalanuvchilarni sug‘urtalovchilar bilan sug‘urta munosabatlariga kirishi va sug‘urtalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sug‘urta tarmoqlarini konkret sug‘urta turlariga bo‘lish zarurati paydo bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urtaning bunday konkret turlariga qurilmalar, chorva hayvonlari, ro‘zg‘or buyumlari, transport vositalari, qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va boshqa turli xo‘jalik kategoriyalari sug‘urtasi misol bo‘la oladi.
Ijtimoiy sug‘urtaning kokret turlariga pensiya va turli nafaqalar sug‘urtasi kiradi.
Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi: hayotni aralash sug‘urtasi, o‘lim holati va mehnatga layoqatini yo‘qotishdan sug‘urtalash, bolalar sug‘urtasi, qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash va boshqalar.
Javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha – kreditni yoki boshqa qarzlarni qaytara olmaslikdan sug‘urtalash, yuqori xavf-xatar manbalari egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi, xo‘jalik faoliyati jarayonida zarar yetkazish holati bo‘yicha fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi va boshqalar.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi dastgoxlarni to‘xtab qolishi, savdodagi to‘xtalishlar natijasida zarar qurish yoki foyda ololmaslik sug‘urtasi, yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash tavakkalchiliklari sug‘urtasi va boshqa turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |