961-modda. Majburiy davlat sug‘urtasi
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘liq va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu bobning qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa. majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |