Mol-mulkni sug‘urtalash shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishga, zaruriyat bo‘lgan taqdirda uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida ekspertiza tayinlashga haqli.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotganida sug‘urtalovchi sug‘urta qilinayotgan shaxs sog‘lig‘ining haqiqiy holatini aniqlash uchun uni tekshirtirishga haqli.
Ushbu modda asosida sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta xavfini baholash boshqa holatni isbotlashga haqli bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi uchun majburiy emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |