Sadriddin Ayniy
-
Ehtimol o‘zi to‘g‘ri odamdir, lek ajab emas-
ki, uni tumandoshlari yoldan ozdirib, mening
orqamga qo*ygan bolsalar. Наг holda g'ijdu-
vonliklardan qo'rqqulik, - dedi u va biroz jim
turgandan keyin yana davom qilib: - Sen u
bilan oshna ekansan, unga anglatib qo^, av-
vali shuki, mening pulim yo‘q, agar biroz pul
topsam ham uni uyimga olib borib qo^may-
man, uyimda hatto biron tuzukroq narsa ham
yo‘q, eshakning to'qimiga o deshagan bir-ikki
ko‘rpa-yostig‘im bor, xolos, - dedi.
Rahimi Qand o'zining Qori Ishkamba bi
lan mening to‘g‘rimda gapirgan gaplarini aytib
bolgandan keyin menga nasihat qilganday bolib:
- Bunday odamga yaqinlasha ko‘rmangki,
uning yuzidan tuhmat yog'ilib turadi! - dedi.
Endi men Rahimi Qandning nima uchun
kulimsiragani sababini anglagan edim. Bu uni
iljaygan, kulgan holda ko'rganimning ikkinchi-
si edi. Lekin o'zim ich-ichimdan Qori Ishkam-
baning bunday shubha va qo'rqishiga Rahimi
Qanddan ortiqroq kuldim va bunday odam
bilan tanishmoq fikrini butunlay ko'nglimdan
chiqardim...
VII
W
Oradan ko‘p vaqt o‘tib, men Qori Ishkamba
bilan tanishishni xayolimdan chiqardim. Bu
orada uni hech qayerda uchratmadim.
Kunlardan bir kun Buxorodagi Ko'kaldosh
madrasasi sahnida tuzfurushlik dolconining
Sudxorning o'iimi
tomida o'tirib allaqanday xayollarga cho‘mib
ketgan mahalimda boshimda bir odamning
soyasi paydo boldi. Men xayol yuki ostida qol-
ganimdan soya egasi tomonga qayrilib ham qa-
ramadim.
Boshim ustidan bir kishining:
- Assalomu alaykum, - deb qarilarga xos to-
vushda qiroat bilan salom bergani eshitildi.
Boshimni ko'tarib qarasam Qori Ishkamba
ekan, u kulimsirab tishini kovlamoqda edi.
Hech bir vajdan asossiz shubhalangani
uchun undan qattiq ranjiganim sababli yoqtir-
mas bir ohang bilan salomiga javob qaytarib,
yana o‘z xayolimga sho‘ng‘ib ketdim.
- KoTcaldosh madrasasining sahni ajab xush-
havo joy-da, - deya mening yonimga o'tirdi u.
Men uning bu so'ziga hech bir javob qaytar-
madim.
- Uka, - dedi u yumshoqlik bilan, - menda
biron ishingiz bormidiki, bir-ikki kun mening
orqamdan yurdingiz, hovlimga ham borgan
ekansiz?
«Hovlisiga borganimni bu shayton qan-
day bilib olgan ekan?» deb ajabsindim. Lekin
o‘zimning awalgi vaziyatimni buzmayin javob
berdim:
- Men, sizning qancha pulingiz borligini va
u pullarni qayerga qo'yganingizni bilib olmoq-
chi, undan keyin g'ijduvonlik qaroqchilar bilan
borib, ularni o‘g‘irlamoqchi edim.
- Tanimaganim bir odamning kutilma-
gan harakatlaridan shubhalanib, uning haqi-
Do'stlaringiz bilan baham: |