II.Bob. Surxondaryo viloyati sharoitida uchrovchi ilonlar
2.1 Surxondaryo viloyatida tarqalgan zaharli ilonlar
Surxondaryo viloyatida ham zaharli ilonlarning bir necha turi tarqalgan bo’lib,ularga quyidagilarni misol bo’ladi:
1. O'rta Osiyo kobrasi – Naja oxiana eichw.
2. Charx ilon – Echis carinatus schneid.
3. Ko'lvor ilon – Vipera lebetina L.
Ularning har biriga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
Tur: N. oxiana Eichw-O’rta Osiyo kapcha iloni
Kobra — O'zbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biridir Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm gacha. Rangi tana rangidan to'q sariq, qo'ng’ir yoki qoragacha kuchli darajada o'zgarib turadi. Ostki tomoni oq va tanasining oldingi tomonida ikki-uchta qora ko'ndalang yo'llari bor. Yoshlarining orqasida uzunasiga qora rangli ko'ndalang yo'llari bor, ularning old tomonidagilari pastki yuzasiga o'tib ketadi. Hindistonda yashaydigan kobralarning ensasida ko'zoynakka o'xshash naqshi bo'lgani uchun ular ko'zoynakli ilon deb ataladi.
O'zbekistonda kobra faqat Bobotog’da, Hisor tizma tog’larining tog’ oldilarida va Surxondaryo vodiysida nisbatan ko'proq uchraydi. Qarshi dashtida birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma tog’larida esa undan ham kam uchraydi.
Sharqda uchraydigan eng so'nggi punkti — Xovos atroflaridir. Janubiy Turkmaniston va Sharqiy Erondan to g’arbiy Hindistongacha tarqalgan. O'zbekistonda kobra quruq yon bag’irlarda, kemiruvchilar inida yashaydi.
Vodiylarda va aholi yashaydigan punktlarda kamdan-kam uchraydi. Masalan, bu ilon bir kuni Surxondaryo viloyatida Sho'rchi qishlog’i chekkasidan, boshqa safar Samarqanddan tutilgan edi. Qishlovdan, odatda aprelda chiqadi. Bahorda kunduzi, keyin esa faqat ertalab va kechqurun aktiv yashaydi, yozda ko'pincha kechasi ovga chiqadi. Qurbaqa, kaltakesak va ilonlarni xush ko'rib yeydi, uning oshqozonidan ikki marta zaharli qum efasini va bir marta ko'lvor ilonni topishga muyassar bo'lishgan.
Biologiyasi va ekologiyasi. Ko‘pchilik holatda tog‘ etaklaridagi butazor, toshloq yerlarda, qishloq va bog‘larda, eski buzilgan binolardan iborat harobalarda uchraydi. Ba’zan daryo sohillari, qumli sahrolarda ham uchratish mumkin. Tog'larda dengiz sathidan
2000 m balandlikkacha bo‘lgan joylarda tarqalgan. Kalamushlar, qumsichqon kabi kemiruvchilar inida yashaydi. Qishki uyqusini ham shu yerda o‘tkazadi. Sentabr, ayrim xollarda oktabrdan qishki uyquga ketadi va keyingi yilning mart-aprel oylarida uyg‘onadi.
0 ‘zbekiston sharoitida kapchailonlaraing uyg‘onishi aprel oyining birinchi dekadasiga to‘g‘ri keladi. Aprelda va kuz oylarida bu ilonni kunduz kuni ham uchratish mumkin. Yoz faslida havo isib ketganda u ertalab va kechqurun faol bo'ladi. Kapchailon baqa, qurbaqa, ilon va kaltakesaklar, mayda kemiruvchilar va turli sutemizuvchilar, ba’zan qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. U boshqa zaharli ilonlar bilan ham oziqlanadi. O‘zbekiston va Turkmanistondan tutilgan bir necha kapcha ilonlarning ichi yorib ko‘rilganda, ba’zilarining oshqozonidan charx ilon (eng zaharli ilonlardan biri) skeleti, kalamush qoldiqlari va ba’zi birlaridan yosh quyon, qirg‘ovul, kaklik qoldiqlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |