7-rasm. O'rta Osiyo kobrasi (ko'zoynakli ilon) – kobra naja oxiana eichw
May oyida juftlashadi va tullaydi. Kapcha ilon O‘rta Osiyo sharoitida iyulning ikkinchi yarmi va avgustning dastlabki kunlarida uzunligi 3,3-3,8 sm, og‘irligi 12-19 gr keladigan 6 tadan 19 tagacha tuxum qo‘yadi. Bo‘yi 32,8 sm keladigan yangi tug‘ilgan bolasi sentabrning ikkinchi yarmida uchragan. Soni keskin kamayib ketganligi sababli O‘zbekiston va Xalqaro «Qizil Kitob»ga kiritilgan tur hisoblanadi.
Tarqalishi. Shimoliy-G‘arbiy Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Turkmaniston, Tojikistonda uchraydi. O‘zbekistonda Qizilqum sahrosidagi tog‘larda, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida hayot kechiradi. Umuman O‘zbekistonning janubidagi Bobotog‘dan to Hisor tog‘lari etaklari, Qo‘shtanga, Ko‘hitang, Zarafshon tog‘lari, Turkiston tog‘larining Naratog‘ va Aristonbel tog‘lariga qadar tarqalgan.
Zaharlanish manzarasi. Kapcha ilon chaqishi natijasida qora ilon hamda qalqontumshuqlardan farqli ravishda mahalliy hodisalar - og‘riq yoki shish rivojlanmaydi, ammo limfadenit va limfangoit kuzatilishi mumkin. Og'ir holatlarda dastlabki qisqa muddatli qo‘zg‘alishdan keyin nafas olish sustlashishi bilan bir qatorda MAT funksiyalarining tez orada pasayishi kuzatiladi. Yutish qiyinlashadi, nutq buziladi, qovoqlarning ko‘tarilmasligi sodir bo‘ladi. Reflekslar tormozlanadi, patologik uyqu sodir bo‘lib, bunda taktil va og‘riq sezgirligi keskin pasayadi. Kapcha ilon zahri bilan zaharlanganda sodir bo‘ladigan asfiksiya eng yomon patologik jarayon bo‘lib, u o‘limga olib kelishi mumkin. Ko‘p miqdorda zaharning qonga tushishida (yirik tomirlar joylashgan qismlarning chaqishida) gemodinamik shok rivojlanishi mumkin, uning patogenezida organizmdan ajralayotgan fiziologik faol moddalar: prostaglandin, gistamin, endorfнnlar ham ishtirok etadi.
Birinchi yordam. «Antikobra» zardobi va ilonlarga qarshi plivalent zardob kiritish, atropin bilan birgalikda antixolinesteraz preparatlar, kortikosteroidlar, antigipoksantlar qo‘llash tavsiya qilinadi. Nafas olish buzilishida o‘pkalarni sun’iy nafas oldirish kerak.
Zaharning kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi. Kapcha ilon zahri - toksik polipeptidlar, spetsifik biologik xossali fermentlar va oqsillarning murakkab aralashmasidir. Zahar tarkibiga toksik polipeptidlar: neyrotoksin, neyrotoksin, sitotoksinlar kiradi. Kapcha ilon zahri fermentlari orasida fosfolipaza A2, atsetilxolinesteraza, endoribonukleaza, dezoksiribonukleaza, fosfodiesteraza, 5-nukleotidaza, L-aminokislotalar oksidazasi, gialuronidaza ma’lum.
Zahar tarkibidagi o‘ziga xos biologik xossali oqsillardan FRN va antikomplementar faktorlarni ko‘rsatish mumkin. Kapcha ilon zahrining ko‘pchilik komponentlari zahar tarkibida bir nechta izomorflar holida bo‘lib, ulaming miqdori ekologik faktorlarga
bog‘liq bo‘ladi. Zaharning sichqonlar uchun toksikligi (DL50) 0,5 mg/kg, neyrotoksinniki I - 0,084 mg/kg, sitotoksinniki I - 1,1 mg/kg, fosfolipaza A j niki - 80 mg/kg. Kapchailon zahri muhim tizimlar va a’zolar: markaziy va periferik asab tizimi, yurak-tomir va endokrin tizimlar, qon va qon hosil qiluvchi a’zolar, jigar va buyrakni shikastlovchi keng miqyosdagi patologik reaksiyalarni chaqiradi.
Kapcha ilon zahari bilan zaharlanganda neyrotoksinlar eng katta patogenetik ahamiyatga ega bo‘ladi, ular skelet va nafas olish mushaklarining falaj bo‘lishini chaqiradi. Neyrotoksinlar ta’siri ko‘ndalang-targ‘il mushaklar N-xoliretseptorlarining qutblamaydigan bloki tipida rivojlanadi, bu esa ularni kuraresimon toksinlar tipiga kiritishga imkon beradi. Zahar sitotoksinlari biomembranalar bilan samarali ta’sirlashib, eritrotsitlar gemolizini (bevosita litik faktor), asab, mushak va yurak to‘qimalarining qutblanmasligini (kardiotoksik ta’sir) keltirib chiqaradi. Sitotoksin II antikomplementar ta’sirga ham ega. Zahar ta’sirliligida fermentlar ham muhim rol o‘ynaydilar. Masalan, atsetilxolinesteraza atsetilxolinni gidrolizlaydi va shu bilan neyrotoksinlaming falaj qilish ta’sirini oshiradi. Sitotoksinlarning biomembranaga ta’sirini fosfolipaza A2 kuchaytiradi. Bundan tashqari, fosfolipaza A2 oPrganizmda zaharlanishni kuchaytiruvchi ko‘pchilik fiziologik faol moddalarning ajralishiga moyillik qiladi. Shunday qilib, kapcha ilon zahrining toksik komponentlari o‘ljani falaj qilishini ta’minlaydi.
Amaliy ahamiyati. Kapcha ilon zahari ilonlarga qarshi zardoblar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Neyrotoksinlar atsetilxolin retseptorlarini molekulyar tuzilishini o‘rganishda qo‘llanilsa, antikomplementar faktorlar ilmiy tadqiqotlarda immunodepressantlar sifatida foydalaniladi. Zahar fermentlari biokimyoviy tajribalarda qo‘llaniladi. Endonukleaza va fosfolipaza A2 tijorat preparatlari sifatida chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |