Tur: V. ursine gadyuga-Dasht zaxarli qora ilon
Sirdaryo bo'ylarida ko'pincha uncha katta bo'lmagan ilon — dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4-6 sm. Usti qo'ng’irsimon-kul-rang, orqa cho'qqasi bo'ylab to'q rangli egri-bugri yo'li bor, ba'zan u uzuq-uzuq yoki dog’lardan iborat bo'ladi. Gavdasining yonlari to'q rangli, odatda keskin ajralib turmaydigan dog’lar bilan qoplangan, bu yerdagi tangachalarining chetlari ochroq.
Respublikamizda Chirchiq vodiysida Xo'jakentdan Chinozgacha bo'lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko'proq, Chotqol tizma tog’larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi jing’il va sho'ra o'tlar ko'p o'sadigan ko'llarning qirg’oqlarida, sholipoyalar marzalarida ko'proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Tog’lardagi yaproqli o'rmonlar zonasida kam uchraydi.
Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo'la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko'zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi chiqadi. Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Tur: R. lineolatus Brandt-O‘q ilon
Morfologiyasi. Uzunligi 125 sm keladi. Gavdasining usti qumga o‘xshash sarg’ish yoki och kulrang bo’lib, ustida qator yoilari bor. Gavdasi ingichka, bo‘yi uzun va boshi kichkinadir. Yon tomonidan ikkita qora chiziq tortilgan. Gavdasining ustidagi va yon tomonlaridagi chiziqlari orasida sariq tusli naqshlari bor. Yanoq qalqoni bitta, ko‘zi uchta ustki lab qalqoniga tegib turadi. Qornining oldingi qismi sariq, orqa qismi esa oq rangda, unda kulrang-jigarrang xollari bo’ladi.
Biologiyasi va ekologiyasi. Dengiz sathidan 2600 m balandlikda bo’lgan joylarda: Qoraqum, Qizilqum, Muyunqum sahrolarida, chalacho’llarda, saksovulzorlarda, taqirlarda,
tog‘oldi hududlarida, tog‘ vodiylari va vohalarda yashaydi. Kavkazorti hududlarida qoyatoshlar atrofidagi shuvoqzor va sho‘ra butalari ostida hayot kechiradi. Noyabr o‘rtalarida 7-12 tasi birlashib, «o‘rda» hosil qiladilar va qishki uyquga ketadilar. O‘zbekiston sharoitida u qishki uyqudan erta bahorda, ayrim paytlarda fevralda, Qirg‘izistonda esa aprel boshlarida uyg‘onadi. Qornini yerga berib sudralib yurmasdan, balki yerdan ko‘tarilib buralib yuradi. Bu xilda harakat qilish qizib ketgan qumda bemalol yurishiga imkon beradi. 0 ‘rta Osiyo sharoitidagi sahrolarda kunduz kuni o‘q ilondan boshqa ilonni uchratish qiyin. Kemimvchilar va kaltakesaklar inlari, toshlar orasi, daraxt to‘nkalari osti uning boshpanasi hisoblanadi. Biron sharpani sezib qolsa, qochishga va o‘simliklar orasiga yashirinishga harakat qiladi. O‘q ilon tez harakat etishi, bir joyda qimirlamasdan jim yotishi, rangining yashash muhitiga mosligi o‘zini dushmandan muhofaza etish belgisidir. O‘ljasini daraxtda o‘tirib poylaydi va unga o‘qdek tashlanadi, gavdasi bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi yoki tiriklayin yutadi. Asosan, kaltakesakchalar, qurbaqalar va agamalar, ba’zan ilonlar bilan ham oziqlanadi. Yirikroq o‘ljasini yutolmay tashlab ketadi, chunki og‘zi kichkina, zahar tishi tishlashga yaramaydi. O‘q ilonning urg‘ochisi iyunda, ayrim hollarda iyulda 3-11 donagacha uzunchoq, bo‘yi 40-55 mm kattalikdagi tuxum qo‘yadi. Iyul va avgustda bolalari tuxumdan chiqadi.
Tarqalishi. Kavkaz, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va O‘rta Osiyoda, Janubiy Mo‘g‘uliston, Shimoliy-G‘arbiy Xitoyda keng tarqalgan. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |