Судралиб юрувчиларнинг экологик хусусиятлари



Download 343 Kb.
bet3/17
Sana10.06.2022
Hajmi343 Kb.
#652217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
korxonalarda qilinadigan xarajatlar ularning turkumlanishi maxsulot tannarxi va uni pasaytirish yo\'llari

3-rasm. Old va orqa jo‘yak tishli ilonlarning zaharli apparatining tuzilishi.
Yuqori jag‘ning oldingi yoki orqa uchida joylashgan ayrim tishlar o‘lchami kattalashgan. Tishlarning qayrilgan oldingi tomonidan to uchiga qadar zahar oqishi uchun jo‘yak paydo bo‘lgan. Keyin jo‘yakning yopilishidan ichki kanal - quvur hosil bo‘lgan, u tishning uchiga yaqin joyda chiqaruvchi teshikka ega bo‘lgan, bu esa zaharning o‘lja tanasiga kiritish samaradorligining oshishiga sabab bo‘lgan. Suvilonsimonlar oilasiga mansub ayrim ilon turlarida zaharli tishlari yuqori jag‘ suyagining orqa tomonida joylashgan va boshqa tishlardan tishsiz oraliq bilan ajratilgan, shuning uchun ularni orqa jo‘yak tishlilar, deb atashadi. Qolgan ilonlarda zaharli tishlari yuqorigi jag‘ suyagining oldingi qismida joylashgan va ular old jo‘yak tishlilar deyiladi.
1.2 O'zbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar
Ilonlar o'ziga xos tana tuzilishiga ega bo'lgan, o'lchami 20 sm dan 10 m gacha yetadigan hayvonlardir. 2700 ga yaqin turi ma'lum. Tanasi har xil yo'g’onlikda bo'yiga cho'zilgan. Dumi hamisha tanasidan kalta. Oyog’i bo'lmaydi. O'ziga xos ajoyib harakatlanish usuli, xatti-harakatlari, zahar tishlari va harakatsiz tik qarab turishi tufayli ilonlar haqida qanchadan-qancha ertak va afsonalar to'qilgan hamda ko'p xalqlar orasida ilondan qo'rqish hissi paydo bo'lgan. Ko'pchilik xalqlar ko'p yoki oz darajada turkmanlarning quyidagi maqoliga qo'shiladilar: «Bir tup daraxt ekib, bitta ilonni o'ldirgan odamning umri zoye ketmaydi».
Ilonlar kaltakesaklardan deyarli 30 xil belgilariga ko'ra farq qilinadi. Asosiy farqlaridan biri pastki jag’ining tuzilish xususiyatlaridir. Kalla suyagi yuz qismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag’ esa kalla suyagida qattiq cho'zilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik bog’lam esa jag’larning o'ng va chap bo'lagini biriktiradi va bu bilan ilonning og’zi juda ham cho'ziluvchan bo'lib qoladi. Shuning uchun ular o'ljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bo'lib, chaqish (tishlab olish), o'ljasini tutish va qizilo'ngachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, o'tkir va orqaga qayrilgan.
Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jag’idagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha sekund havoda yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib o'ynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tepa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu yerda ilon havoda paydo bo'ladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida informatsiya oladi va shunga qarab o'ljasining qayerda joylashganligi, sherigi yoki suv manbaining qayerdaligi haqida orientirlanadi. Ko'zlari ham orientirlashda katta rol o'ynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning ko'z qorachig’i vertikal yoki yumaloq, ba'zan esa gorizontal bo'lishi mumkin, kunduzgi ilonlarniki esa hamma vaqt yumaloq bo'ladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan bo'lib, ular hatto sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ham ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi eshitish teshigi bo'lmaydi. O'rta qulog’i sodda tuzilgan va faqat ichki qulog’i yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni musiqa chalib o'ynatish haqidagi afsonalar asossizdir. Bo’g’ma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bo'lib, ular uzoqdan o’ljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida bo'ladi.
Ilonlar Antarktikada va dengizlardan tashqari barcha qit’alarda yashaydi. Tropiklarda eng ko'p tarqalgan. Qutb doirasi ortidagi doimiy muzlik zonasiga faqat oddiy qora ilon o'tib qoladi.
Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, o'rgimchaksimonlar, ko’poyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi. Suvli mevalar, masalan, pomidorlarni yutib yuborgan xollari ham bo'lgan. Aftidan ular organizmni suv bilan ta'minlash maqsadida shunday qilishsa kerak.
Jinsiy demorfizm unchalik sezilmaydi. Erkagining dumi urg’ochilarinikiga qaraganda bir oz uzunroq. Ko'p turlarining urg’ochilari erkagidan yirikroq bo'ladi.
Tuxum qo'yib yoki tirik tug’ib ko'payadi. Ayrim turlari uchun bir marta urug’lanish 3—5 yilgacha urug’langan tuxum qo'yish uchun yetarli bo'ladi. Bir yilda bir marta tuxum qo'yadi. Bir galgi tuxum qo'yishda mayda turlari bittadan 3—4 tagacha, yiriklari bir necha o'nlab tuxum qo'yadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi. Yosh ilonlar kattalariga nisbatan ancha ochiq rangli bo'ladi. Ular qishlashga ketgunga qadar tana bo'shliqiga kirib boradigan va tuxumdan yangi chiqqan ilon massasining 30% ini tashkil qiladigan sariqlik xaltasi qisobiga yashaydi. Ilonlar nisbatan uzoq yashaydi, biroq aniq ma'lumotlar yo'q. O’zbekistonda bir qancha zaharli ilonlar tarqalgan bo’lib ular quyidagilar:

Download 343 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish