Mantiqiy savol 5
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari va ularning bosqichlarini bayon eting.
Oʻtgan davr mobaynida bu tizim bir necha marotaba isloh etildi. Har bir jarayonda inson huquqlarini himoya qilish, adolat prinsiplariga rioya etish kabi tamoyillar ustuvorlik kasb etib keldi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda huquqiy davlat tuzilishining eng muhim jihatlaridan biri sifatida mazkur tizimni chuqur isloh qilish va liberallashtirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Sudlar oʻzlariga xos boʻlmagan sud qarorlarini ijro qilishdek funksiyadan ozod boʻldi. Sud-huquq islohotlarini amalga oshirishda katta eʼtibor sudlarning ixtisoslashuviga e’tibor berilmoqda.
Prezidentimizning 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonining qabul qilinishi tizim islohotidagi yangi qadam boʻldi.
Amalga oshirilayotgan ishlar va qoʻlga kiritilayotgan ijobiy natijalarga qaramay, tizimda yechimini kutayotgan masalalar borligi bugun yana-da ayonlashmoqda. Binobarin, sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqishni talab qilmoqda.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etgan holda umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkaziladi. Maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlari tashkil etiladi va shu sababli bilan tuman (shahar) maʼmuriy sudlari tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy malaka hayʼatining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqi berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining sudning oxirgi qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqi bekor qilinadi. Jinoyat ishlarini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibi belgilanadi. Jinoyat ishining umumiy tartibda koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichi kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |