Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

84-modda. Davlat ijrochilarining huquqlari
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda:
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor
shaxslaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga,
shuningdek fuqarolarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning yuritilishini ijro ishi
yuritishga muvofiq tekshiruvdan o‘tkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish
masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo‘lgan, qarzdorga qarashli bo‘lgan mol-mulk
borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda esa boshqa shaxslar egallab turgan
yoki ularga qarashli bo‘lgan joylarga va shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur
bo‘lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish,
o‘zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma’lumotlar
mavjud bo‘lmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli
bo‘lgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirish;
qonunchilikka muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qo‘yish, saqlashga
topshirish va realizatsiya qilish;
1


qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida
turgan yoki saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari hamda o‘zga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari bo‘yicha qarz summalarni
undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qo‘yish;
olib qo‘yilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun
mo‘ljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi joylardan foydalanish,
bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki
qarzdorning transport vositasidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdorning hisobiga
kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos bo‘lgan ijro hujjatidagi talablarda noaniqlik
bo‘lgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib
berishni so‘rab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;
ijro yig‘imlarini, davlat ijrochisi tomonidan solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolaga
nisbatan qidiruv e’lon qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha, shu jumladan ijro usuli
va tartibini o‘zgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining
xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilish;
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan qarzdorlarga nisbatan
ma’muriy jazo qo‘llash, shuningdek sud hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlagan yoki sud
hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy
javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish;
ushbu 
Qonunda
belgilangan tartibda mol-mulkni baholash;
mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotni jalb etish;
qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash
belgilash huquqiga ega.
Davlat ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish