11-BOB. IJRO HUJJATINI IJRO ETMAGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
81-modda. Ijro hujjatini bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan ijro etmaganlik
uchun javobgarlik
Ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablag‘larini undirish
to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga iqtisodiy sud tomonidan undirilishi lozim
bo‘lgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
82-modda. Ijro hujjatini ijro etmaganlik va uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik uchun
javobgarlik
Ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek uning ijrosiga to‘sqinlik qilganlik qonunda nazarda
tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |