79-modda. Undiruvchilarning talablarini qanoatlantirish navbati
Qarzdordan undirilgan pul summasi ijro hujjatlari bo‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish
uchun yetarli bo‘lmasa, bu summa undiruvchilar o‘rtasida ushbu Qonunning
80-moddasida
belgilangan navbat bo‘yicha taqsimlanadi.
Har bir keyingi navbatdagi talablar o‘zidan oldingi navbatdagi talablar to‘liq qondirilgandan
keyin qanoatlantiriladi.
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni to‘la qanoatlantirish uchun yetarli
bo‘lmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |