Yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatining
ijrosi yer uchastkasi davlat
ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran
tamomlangan
hisoblanadi.
Agar undiruvchining yer uchastkasiga bo‘lgan tegishli huquqi ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa,
davlat ijrochisi o‘z qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
huzuridagi Kadastr
agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi
ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
paytdan e’tiboran tamomlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: