72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan
bo‘lsa, darhol ijro etiladi.
Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor
qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish haqidagi o‘zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish to‘g‘risida
buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo‘yilgan vaqtdan
boshlab tamomlangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |