4-BOB. SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI MAJBURIY IJRO ETISh ASOSI VA ChORALARI 44-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash Majburiy ijro etish choralari to‘g‘ri rasmiylashtirilgan ijro hujjati qonunda belgilangan tartibda
topshirilganda hamda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan qaror
qabul qilinganda qo‘llaniladi.
45-modda. Majburiy ijro etish choralarini qo‘llash asosi Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatning
o‘tganligi majburiy ijro etish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.