Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISh



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

5-BOB. UNDIRUVNI QARZDORNING MOL- MULKIGA QARATISh
47-modda. Undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol-mulkini xatlash va majburiy
realizatsiya qilishdan iboratdir.
Ijro hujjatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv birinchi navbatda qarzdorning
so‘mdagi va chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan
banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablag‘lariga hamda o‘zga qimmatliklariga
qaratiladi.
Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan so‘mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag‘lari
darhol olib qo‘yilishi lozim.
Olib qo‘yilgan so‘mdagi naqd pul mablag‘lari keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro
byurosi organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bankka topshiriladi, keyin uch kunlik
muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Qarzdorning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobvaraqlarida
hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lari va o‘zga qimmatliklari
to‘g‘risida axborot bo‘lganda, ular xatlanadi. Qarzdorning aniqlangan tegishlicha so‘mdagi naqd
puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi so‘mdagi mablag‘lari yetarli bo‘lmasa,
undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki o‘zga
kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga
qaratiladi.
Davlat ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin bo‘lgan hisobvarag‘i mavjudligi to‘g‘risida
axborot bo‘lmaganda, davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash to‘g‘risida bank yoki boshqa
kredit tashkilotiga yozma so‘rov yuboradi.
Davlat ijrochisining yozma so‘rovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti
qonunchilikka muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan
kechiktirmay davlat ijrochisiga ma’lum qiladi.
Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo‘lgan mol-mulk turlari yoki ashyolarni
o‘zi ko‘rsatishga haqli.
Qarzdor mol-mulkining u yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan
mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi.
Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa,
davlat ijrochisi o‘z qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining xarajatlar qismini qarz to‘liq uzilguniga
qadar qonunchilikda belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning
pul mablag‘larini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat ijrochisiga qarzdorning
hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq bo‘yicha xatlangan pul mablag‘lari miqdorini
ma’lum qiladi. Ayni bir vaqtda undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mol-mulkka qaratiladi,
ushbu Qonunning 
52-moddasiga 
muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin
bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablag‘lariga va banklardagi yoki boshqa
kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul
mablag‘lariga undiruv ijro yig‘imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro
1
2


xarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda va hajmda
qaratiladi.
Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega bo‘lgan
hollarda undiruv uning qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish