yaxlitlik, tugallik, bog'liqlik, diskretlik (qismlarga ajralish) kabi
kategorial belgilaming mavjudligi matn hodisasini oddiy sintaktik
tuzilma - gapga qarama-qarshi qo‘yish uchun yetarli hisoblanmoqda.
Ta’kidlash joizki, matn kategoriyasining taklif qilinayotgan
tavsifi
uning
turli
xususiyatlarini
aks
ettiradi
va
ushbu
xususiyatlaming barchasini yagona qolip doirasida qamrab olish istagi
beixtiyor matn tuzilishi va mundarijasining turli qatlamlariga oid
xususiyat, belgilarning bir pog‘onaga joylashtirilishiga sabab bo‘ladi.
Bunday betaraflik, so‘zsiz, matn mohiyatini aniq nazariy fikrlar orqali
tasvirlashga xalaqit beradi. Natijada, matn tuzilishi zohirida namoyon
bo‘ladigan sintaktik bogliqlik va lisoniy elementlarning semantik
birikishi matn yaratilishi uchun qanchalik zarur bo‘lmasin, ulaming
yaxlitlik
shartiga
to‘liq
javob
bermasligi
oydinlashadi.
Pragmalingvistik tahlilda matnning kommunikativ maqsadi asosiy
tavsifiy belgi sifatida tanlandi.
Darhaqiqat, matn qurilishida ishtirok etayotgan barcha til
36
birliklari maqsadli tanlov asosida kommunikativ faoliyat vositaiariga
aylanadi va ular matn tarkibida o‘ziga xos yangi xususiyat, xarakter
kasb etadi. Ye.A.Goncharova ta’riflaganidek, til tuzilishining asosiy
nominativ va kommunikativ birliklari bo‘lgan so‘z va gap, matnning
struktur-semantik tarkibidan joy olish jarayonida, «matn so‘zi» va
«matn gapi»ga aylanadi hamda ularda til tizimi va matn tizimidan
o‘zlashtirilgan xususiyatlar o‘zaro birikadi. Xususiyatlaming bu xilda
uyg‘unlashuvi
matnning
lisoniy
va
nolisoniy
birliklaming
strukturaviy, m a’noviy va pragmatik munosabatlar asosida o ‘zaro
birikishidan hosil bo‘ladigan tugal nutqiy tuzilma ekanligidan darak
beradi. Matnning bunday tavsiflanishi ham uning nutqiy-tafakkur
faoliyati mahsuli ko‘rinishida yuzaga keiishini isbotlaydi. Bu tuzilma,
albatta, o‘z ichki qonuniyatlariga ega, ushbu qonuniyatlar matnning
sintaktik, semantik, pragmatik sifatlari bilan bir qatorda uning
yaratilish va qo‘llanish shartlari negizida turgan kognitiv xususiyatlari
bilan ham bogHiq.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Kogeziya nima?
2. Kogerentlik deganda nimani tushunasiz?
3. Intensionallik nima?
4. Adresatlik deganda nimani tushunasiz?
5. Informativlik nima?
6. Situativlik nima?
7. Intertekstuaiiik deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar
1. Boymirzaeva S. Matn mazmunida teiriperollik semantikasi. .
Toshkent, “O'zbekiston milliy ensiktopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti, 2009
2. Yo'idoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoyetik tahlili asoslari.
T.2007
3. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Т.: “Fan”, 2008
4. Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Т., Alisher Navoiy
nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010
5. Mamajonov A. Tekst lingvistikasi. - T.:, 1989.
6. Turmiyozov N. Yo‘Idoshev B. Matn tilshunosligi. Samarqand, 2006
37
7. Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. 0 ‘zbek tili va adabiyoti.
1983, №1.
8. Abdupattoev M.T. 0 ‘zbek matnida supersintaktik butunliklar.
Filol.fan.nom. ...diss.avtoref. - Т., 1998.
9. Гальперин И.Р. Текст как
объект лингвистического
исследования. -М: “Наука”, 1981.
MATN VA UNING TEPOLOGIK TASNIFI
Tayanch tushunchalar: og ‘zaki matn, yozma matn, minimal matn,
maksimal matn, mikromatn, makromatn turg 'un strukturali matnlar
Do'stlaringiz bilan baham: |