Aim.Uz
Strukturalar xaritasini tuzishning o’xshashlik usuli
Reja:
Strukturalar xaritasini tuzish usullari
Strukturalar xaritasi tuzishning o’xshashlik usuli
Burg’ulash jurnali ma’lumotlari
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. X.Chinniqulov, X.S. Xo’jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.
2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo’llanma, TDTU. Toshkent, 2004.
Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.
5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru
Quyidagi misolda o’xshashlik usuli bilan tuzilgan strukturalar xaritasini ko’rib chiqamiz.
Burg’ulash ma’lumolari yordamida Yuqori produktiv gorizontning strukturalar xaritasi tuzilgan. Bu struktura yotiq braxiantiklinal (sharnirlari qarama qarshi tomonga botik antiklinal) burma ko’rinishiga ega (75-rasm).
75-rasm. O’xshashlik usuli
Keyingi burg’ulash natijasida A quduqda 940 m chuqurlikda 2- produktiv gorizont aniqlandi. Quyi gorizontning strukturalar xaritasini tuzish uchun avvalo quyi gorizontdan Yuqori gorizontni ajratib turgan jinslar qalinligini aniqlash zarur. Buning kamida 3 ta quduq ma’lumotlari bo’lishi shart. Qolgan 2 quduqda ham quyi gorizont aniqlangungacha qazish ishlari olib boriladi. Keyin har bir quduqda oraliq qatlam qalinligini topib olamiz. Buning uchun quyi produktiv gorizontgacha bo’lgan chuqurlikdan Yuqori gorizontgacha bo’lgan chuqurlikni ayirish kerak. Natijada 3 ta quduq uchun oraliq qatlam qalinligi quyidagicha. Bular A quduqda oraliq qatlam qalinligi 300 m ga, B=500 m ga va V=450 m ga teng. Keltirilgan raqamlardan ko’rinib turibdiki oraliq qatlamning qalinligi bir xilmas. Oraliq qatlam qalinligi o’zgarishi yo’nalishini aniqlash uchun oraliq qatlamning bir xil qalinliklar xaritasini tuzamiz. Bunday xaritalarda bir xil qalinlikdagi qatlamlarning holati shartli chiziqlar bilan ko’rsatiladi. Oraliq qatlamning bir xil qiymatga ega bo’lgan haqiqiy qalinligini ko’rsatuvich chiziq izopaxitlar, bir xil vertikal qalinlikni ko’rsatuvchi chiziqlar esa izoxoralar deyiladi. Vertikal qalinlik hamma vaqt haqiqiy qalinlikdan katta bo’ladi, lekin qatlmning og’ishi 10° dan kichik hollarda vertikal va haqiqiy qalinliklar farqi juda kichik bo’ladi. Bunday hollarda haqiqiy qaliklik o’rniga vertikal qalinlikdan foydalanish mumkin.
Izoxora chiziqlarini tuzish uchun xaritadagi quduqlar joylashgan punktlar to’g’ri chiziqlar bilan tutashtiriladi. Hosil bo’lgan uchburchaklar tomonlari bo’yicha Yuqori produktiv gorizont stratoizogipslari intervaliga mos keluvchi intervalda oraliq qatlamning qalinliklari aniqlanadi. Masalan stratoizogipslar har 100 m dan o’tkazilgan bo’lsa, izoxoralar ham 100 m dan o’tkaziladi. Uchburchak tomonlaridagi bir xil qalinlikka ega bo’lgan nuqtalar to’g’ri chiziqlar bilan tutashtiriladi va ular oraliq qatlam izoxoralari deb yuritiladi. Agar quduq 3 tadan ko’p bo’lsa, bir nechta uchburchaklar qatori tuziladi va ularning tomonlaridan bir xil qiymatliklari aniqlanib izoxoralar chiziladi.
Yuqori produktiv gorizontning strukturalar xaritasiga qalinliklar xaritirasi tuzib, hamda izoxoralar o’tkazib stratoizogipslar va izoxoralar kesishgan nuqtalarni aniqlaymiz. Keyin har bir kesishgan nuqtada quyi produktiv gorizont yuzasining absolyut qiymatini aniqlaymiz. Buning uchun stratoizogipsning balandlik qiymatidan izoxoralar qiymati ayriladi. Masalan, stratoizogipsning balandligi 400 m, izoxora qiymati 300 m bo’lsa, quyi produktiv gorizont yuzasining absolyut balandligi –700 m bo’ladi. Har bir nuqta balandligi topilib bir xil qiymatli nuqtalarni silliq chiziq bilan turashtiramiz va ular bizga quyi produktiv gorizontning stratoizogipslarini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |