3.2. Spektrometrning kinematik sxemasi
Monoxramatorning kinematik sxemasi 4 – rasmda tasvirlangan. Bu yerda 13
– kirish tirqish, 18 – chiqish tirqish, 29 – mikrometrli vint, 16 – Littrov yassi
ko‘zgusi, 30 – to‘lqin uzunliklari barabani, 31 – yelka, 32 – elektr dvigatel, 33 –
reduktor, 34 – reper nuqtasini belgilash uchun tishli disk, 35 – kontakt gruppa.
Tirqishni ochish mexanizmi aloxida chap tomondagi rasmda ko‘rsatilgan. 13 va 18
tirqishni ochish bir vaqtning o‘zida mikrometrli vint 29 yordamida amalga
oshiriladi. Chiqish tirqishida talab etilgan to‘lqin uzunligini o‘rnatish to‘lqin
uzunligi 30 barabani yordamida ko‘zguni 16 burish bilan amalga oshiriladi.
Baraban aylanganda vint aylanadi va u bo‘yiga yelka bilan bog’langan gayka
ko‘chadi. Yelka ko‘zgu qini bilan qotirilgan o‘qni buradi. To‘lqin uzunligi
barabanini qo‘l bilan aylantirish mumkin.
3.3- rasim.
39
3.4- rasm.
Yoritgichga ega bo‘lgan monoxramatorning umumiy ko‘rinishi 3.4 – rasmda
ko‘rsatilgan. Monoxramator 1 va yoritgich 36 massiv cho‘yan asosga o‘rnatilgan
va qopqoqlar bilan yopilgan.
Yoritgich qopqog’ini chiqish darchasida ushlagichlar 37 mavjuddir.
Bittasiga yorug’lik to‘plamini to‘sish uchun shaffof bo‘lmagan plastinka
joylashtirilgan bo‘lsa, boshqasiga xar xil filtrlar o‘rnatilishi mumkin.
Monoxramator va yoritgich asboblar germetikdir. Atmosfera yutilishini bartaraf
qilish uchun u orqali quruq xavo yoki azot o‘tkaziladi. Buning uchun shtuserli 38
to‘rtta kran mavjuddir. Yoritgich va monoxramator orasidagi bo‘shliqni quritish
uchun yoritgichga rezbali aylana 39 (3.1 – rasm) yordamida o‘zgaruvchan
uzunlikdagi germetik truba 40 maxkamlanadi. Trubani maxkamlash uchun 39
aylanani orqaga burash kerak. Yoritgichning chiqish darchasidan qindagi ximoya
plastinasini olish, uning o‘rniga trubani maxkamlash va trubaning boshqa
tomoniga yoritgichdan yechib olingan ximoya plastinasini qinga qo‘yish kerak.
40
Qopqog’i olingan monoxramatorning ko‘rinishi 3.7 – rasmda ko‘rsatilgan.
3.5- rasim.
3.6- rasim.
41
Bu 13 va 18 – monoxramatorning kirish va chiqish tirqishlari, 14 – parabolik
ko‘zgu, 15 – prizma, 16 – Littrovning yassi ko‘zgusi, 20 – termo element, 44 –
ko‘mir bilan faollashtirilgan termo elementning shisha balloni, 21 – sferik ko‘zgu,
29 – tirqishni ochuvchi mikrometrli vint, 30 – to‘lqin uzunliklari barabani, 45 –
chiqish tirqishi orqasida joylashgan yassi ko‘zgu dastagi.
Monoxramatorda ikkita xar birining balandligi 15mm bo‘lgan ikki
tomonlama tirqish ishlatiladi. tirqishlar kengligi bir vaqtning o‘zida mikrometrli
vint shkalasi bo‘yicha 0 dan 2mm gacha 0,001mm gacha bo‘lgan aniqlik bilan
o‘rnatiladi. Prizma tomonidan yuzaga keladigan tasvirlarning egriligining o‘rnini
qoplash uchun kirish tirqishining oyoqchalari bukilgan bo‘ladi.
Spektrning xar xil soxalarida materialining o‘tkazish va dispersiyasiga
bog‘liq ravishda xar xil prizmalar ishlatiladi. Xar xil prizma aloxida stolga
o‘rnatilgan bo‘ladi.
3.7- rasm.
Ishlatilmagan
xolatida
u
eksikatorda
saqlanadi,
ishchi
xolatida
monoxaramatorda
o‘rnatiladi. Prizma sindirish ko‘rsatgichining xarorat
koeffitsiyentlari katta bo‘lganligi uchun xarorat o‘zgarganda prizma materialining
sindirish ko‘rsatgichi o‘zgaradi.
42
To‘lqin uzunliklari barabani 30 (3.7 – rasm) 20 oraliqqa bo‘lingan. O‘z
navbatida ularning xar bir yuzta mayda bo‘linishga bo‘lingan. Spektrni yozish
vaqtida bir vaqtning o‘zida qog’ozga to‘lqin uzunliklari barabanining besh, o‘n
yoki yigirmata kichik bo‘linishi orqali reper nuqtasi kiritilishi mumkin. Bu tishli
disk 34 yordamida amalga oshiriladi
Baraban aylantirilganda disk tishi kontakt guruxini bosadi. Kontakt tutashadi
va yozuvchi qurilmada reper nuqtani qayd qiluvchi ishga tushadi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |