YUridik nuqtai-nazardan mulk – bu mulk huquqi, biror-bir mulkni o‘zlashtirish, unga egalik qilish, foydalanish, erkin boshqarish huquqidir.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan mulk – bu mulkni o‘zlashtirish, unga egalik qilish, foydalanish va erkin boshqarish borasidagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimidir.
O‘zlashtirish – bu sub’ekt tomonidan iqtisodiy, kuch ishlatish va qonuniy usullar orqali mulk ob’ektini boshqa sub’ektlardan olib qo‘yish jarayonidir.
Egalik qilish – buyum yoki ishlab chiqarish shartlari, huquqqa nisbatan qonun bilan cheklangan alohida, monopol huquqqa ega bo‘lish. Egalik qilish – bu qisman o‘zlashtirishdir, chunki egasi (ijarachi, qarzdor) mulkdor tomonidan belgilangan shartlar asosida harakat qiladi.
IJARA – ma’lum bir to‘lov evaziga mulkdor tomonidan mulkning boshqa shaxslarga vaqtinchalik foydalanishi uchun taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma.
Foydalanish – bu sub’ekt manfaatlarida mulk ob’ektining uning maqsadidan kelib chiqqan holda qo‘llanilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |