Jamoat (shirkat) mulki – o‘z ichiga oilaviy, maxalla mulki, shuningdek kooperativlar, ijara, jamoaviy korxonalar, ijtimoiy va diniy tashkilotlar, turli xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, uyushmalar va yuridik shaxs bo‘lgan boshqa birlashmalarning mulkini oladi (O‘zR Qonunining 07.05.1993 yil tahriridagi bandi).
Davlat mulki – ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (kommunal mulk).
Mulkning aralash shakli – o‘z mablag‘larini qo‘shayotgan mulkdorlarning mavqei bilan belgilanadigan turli shakllarga ega. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning mulki, turli yuridik va jismoniy shaxslar mulkining birlashishi ko‘zda utitilishi mumkin (O‘zR Qonunining 07.05.1993 yil tahriridagi qismi).
Boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslari mulki.
Jahon amaliyoti bozor iqtisodiyoti mulkning ko‘plab shakllariga asoslanishi zarurligidan guvohlik bermoqda.
Ushbu holat bozor munosabatlarining asosi sifatida bozorning ko‘plab sub’ektlari bo‘lishini talab qiluvchi raqobat hisoblanishi bilan izohlanadi. Bu esa faqat mulk polimorfizmi sharotidagina mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |