Bozor iqtisodiyoti yoki erkin raqobat davri kapitalizmi resurslarga nisbatan xususiy mulk, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish va uni boshqarish uchun bozor va narxlar tizimidan foydalanishda ifodalanadi. Erkin bozor iqtisodiyotida davlat resurslarni taqsimlashda hech qanday rol o‘ynamaydi, barcha qarorlar bozor sub’ektlari tomonidan mustaqil holda, tavakkalchilik asosida qabul qilinadi.
Aralash iqtisodiyot – bu shunday iqtisodiy tizimki, bunda ham davlat, ham xususiy sektor (korxona va uy xo‘jaliklari) davlat bozor iqtisodiyotiga qisman aralashuvchi mamlakatda barcha resurslar va moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilinishida muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |