3 mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulk munosabatlari.
Reja.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichlari va uni o‘rganishga nisbatan turli yondashuvlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.
Mulkiy munosabatlar mohiyati va ularning iqtisodiy mazmuni.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mulk shakllarning ko‘pligi, ularni o‘zgartirish yo‘llari va usullari.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bosqichlari va uni o‘rganishga nisbatan turli yondashuvlar.
Formatsiyali yondashuv ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining ijtimoiy shakli sifatida ishlab chiqarish munosabatlarini tahlil qilish asosida tarixiy davrlarni ajratishni ko‘zda tutadi. Formatsiyali yondashuvga muvofiq iqtisodiy tizimlar beshta ishlab chiqarish usullari shaklini oladi: ibtidoiy-urug‘chilik, quldorlik, feodal, kapitalistik va kommunistik. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining umumiyligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |