Struktura uchebnika soderjit razdelы, raskrыvayuщie evolyusiyu ekonomicheskoy mыsli, mikroekonomiku, makroekonomiku I teoreticheskie osnovы vneshney torgovli


Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy mazmuni va uning omillari



Download 455,4 Kb.
bet14/93
Sana11.02.2022
Hajmi455,4 Kb.
#444064
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Bog'liq
Замонавий иктисодий назария лотин

Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy mazmuni va uning omillari.

  • Ishlab chiqarishning umumiy va yakuniy natijalari.

  • Ishlab chiqarish omillari.

  • Iqtisodiy tanlov va ishlib chiqarish imkoniyatlarining chegaralari.




    1. Ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy mazmuni va uning omillari.

    Iqtisodiy faoliyat – bu iqtisodiy resurslarni ma’lum bir iqtisodiy mahsulotga aylantirish jarayonidir.
    Iqtisodiy faoliyat moddiy boyliklar va moddiy xizmatlarni yaratuvchi moddiy ishlab chiqarish ko‘rinishida va moddiy xizmatlar, ma’naviy va moddiy boyliklarni yaratuvchi nomoddiy ishlab chiqarish ko‘rinishida amalga oshiriladi.
    Tor ma’noda ishlab chiqarish – bu belgilangan vaqt davomida moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayonidir.
    Ishlab chiqarish keng ma’noda – bu yaratilgan mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilishning uzluksiz takrorlanuvchi jarayoni sifatida olingan jamiyat tomonidan takroriy ishlab chiqarilishidir.
    Takror ishlab chiqarish turlari:
    Oddiy – ishlab chiqarish jarayonining doimiy o‘zgarmas hajmlarda qaytadan boshlanishi.
    Kengaytirilgan – bu doimiy o‘sib boruvchi hajmlarda takroriy ishlab chiqarish.
    Regressiv – bu ishlab chiqarish hajmlari kamayuvchi takroriy ishlab chiqarishdir.
    Ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlari:
    Industrialgacha bo‘lgan bosqich –qishloq xo‘jaligi ustun turadi, asosan qo‘l mehnatidan foydalaniladi, taraqqiyot faqat sodda qurollardan murakkab qurollarga o‘tishda kuzatiladi, mehnat taqsimoti zaif rivojlangan, ehtiyojlarning soddaligi bilan ajralib turadi.
    Industrial bosqich – mashinalashtirilgan sanoat ishlab chiqarishi ustunlik qiladi, mehnat taqsimoti keskin kuchayadi, tovar-bozor xo‘jaligi vujudga keladi, tezkor urbanizatsiya ro‘y beradi, moddiy va madaniy ehtiyojlarning keng doirasi qondiriladi.
    Postindustrial bosqich – xizmatlar sohasi ko‘proq rivojlanishga ega bo‘ladi, fan ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi, informatika va zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari joriy qilinadi, resurs tejovchi yuqori texnologiyalarga o‘tish ro‘y beradi, iqtisodiyot etarli darajada eng oddiy ehtiyojlarni qondirishga va yanada yuqoriroq darajadagi talablarning amalga oshirilishini kengaytirishga qodir bo‘ladi.
    Ishlab chiqarish omillari – insonlar tomonidan iqtisodiy boyliklarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurslar.
    Ishlab chiqarish omillarining tasnifi.
    Mehnat – ehtiyojlarni qondirish, daromad olishga qaratilgan insonlarning maqsadli xo‘jalik faoliyati.
    Er – ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniluvchi “tabiat in’om etgan barcha boyliklar”: ishlab chiqarishni tashkillashtirish uchun er uchastkalari, haydaladigan er, o‘rmonlar, suv, foydali qazilmalar koni va shu kabilar.
    Kapital – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boyliklar majmui.
    Tadbirkorlik – daromadli ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha faoliyat.

    1. Ishlab chiqarishning umumiy va yakuniy natijalari.

    Ishlab chiqarish jarayoni – bu foydali tovar va xizmatlar hajmining o‘sishi va qiymatning ortishi jarayonlarining birligidir. Istalgan iqtisodiy tizimda xo‘jalik yuritishning natijasi bo‘lib yaratilgan mahsulot hisoblanadi.
    Har bir mahsulot ikki hususiyat bilan ifodalanadi: u yoki bu ehtiyojni qondirish qobiliyati va unda namoyon bo‘lgan bellgilangan mehnat xarajatlari. SHunga muvofiq holda mahsulotning tabiiy-ashyoli va ijtimoiy tomoni farqlanadi. Fizik, mexanik va boshqa foydali hususiyatlarning umumiyligi, mahsulotni iste’molchilik qiymati yoki iste’molchilik foydaliligiga aylantirgan holda, insonlarning ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotga aylantiradi. Mahsulotning boshqa bir hususiyati shundan iboratki, u o‘zida sarflangan inson mehnatining belgilangan miqdorini namoyon qiladi. har bir mahsulotni ishlab chiqarishga tirik va ashyoga aylantirilgan (o‘tmishdagi) mehnat sarflanadi. Ishchining tirik mehnati orqali jamiyatning sof mahsuloti yaratilib, u zarur bo‘lgan va qo‘shimchaga bo‘linadi.
    Zarur mahsulot deb ishlab chiqarishning shaxsiy omili sifatidagi ishchi kuchi faoliyatining asosi bo‘lib xizmat qiluvchi sof mahsuotga aytiladi. Unga ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi avlod ishchilarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar kiradi. Zarur mahsulot zarur ish vaqtida zarur mehnat tomonidan yaratiladi.
    Qo‘shimcha mahsulot – bu zarur bo‘lgandan ortiqcha yaratilgan va ushbu mahsulotni yaratgan ishchining o‘zidan tashqari jamiyatning boshqa a’zolari uchun mo‘ljallangan sof mahsulotning boshqa qismidir.
    Qo‘shimcha mahsulot qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat tomonidan yaratiladi.
    Qo‘shimcha mahsulot ikki qismdan iborat:

    1. mehnatni tashkil qilish va boshqarishning omillari va shakllari, texnolgiyalar, ishlab chiqarishning o‘rtacha yoki odatdagi sharoitlarida yaratiluvchi shaxsiy yoki odatdagi qo‘shimcha mahsulot;

    2. nisbatan qulayroq tabiiy va iqtisodiy sharoitlarda, omillar va resurslarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha qo‘shimcha mahsulot.

    Biror-bir davr oralig‘idagi qo‘shimcha mahsulotning umumiy miqdori qo‘shimcha mahsulot massasi deb ataladi.
    Qo‘shimcha mahsulot massasining zarur mahsulotga nisbati qo‘shimcha mahsulot normasi (me’yori) deb ataladi. Ushbu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlash va uning o‘zi uchun va jamiyat uchun parchalanishi nuqtai-nazaridan ifodalaydi.
    Jamiyatda yil davomida yaratilgan barcha boyliklarning yig‘indisi jami yoki yalpi mahsulot nomini olib, jamiyat ishlab chiqarishining umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
    Jamiyat mahsulotining muhim shakli bo‘lib yakuniy mahsulot hisoblanadi. U yalpi mahsulotdan barcha mehnat predmetlari aylanmasini olib tashlash orqali, ya’ni ularni takroriy hisoblanishini yo‘qotish orqali hosil bo‘ladi.
    Tayyor (yakuniy) mahsulot – bu oraliq mahsulotlardan farqli ravishda foydalanish uchun qo‘shimcha qayta ishlanishni talab qilmaydigan tovar va xizmatlar.
    YAlpi milliy mahsulot (YAMM) – bu mamlakatda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha tayyor tovar va xizmatlarning jami bozor qiymati.
    YAlpi ichki mahsulot – bu mamlakat ichida yaratilgan barcha yakuniy mahsulotlarning tayyor qiymatini qamrab oluvchi tushuncha.


    1. Download 455,4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish