Strindberg (1849-1912-y.) Skandinaviya teatri


GENRIK IBSEN (1828-1906-y.)



Download 57 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2022
Hajmi57 Kb.
#357096
1   2   3
Bog'liq
avazbek 2

GENRIK IBSEN (1828-1906-y.)


Genrik Ibsen norveg milliy teatrining asoschisi sifatida may-donga chiqdi. U norveg teatri repertuarini yaratibgina qolmay, teatr faoliyatining faol ishtirokchisi, yirik teatr mutafakkiri sifatida ham namoyon bo'ladi.

Ibsen Norvegiyaning Shiyen degan kichik shaharchasida tijo-ratchi Knut Ibsen oilasida tug'ilgan. Uning teatrchilik faoliyati 1851-yili Bergen shahrida yangi ochilgan milliy teatrda boshlanib, bu yerda yetti yil, so'ng Xristianiya (Oslo) milliy teatrida 1862-yilga qadar rejissor va dramaturg sifatida ijod qiladi. «Sevgi hango-masi» hajviy komediyasi yaratilib, hukmron doiralar tazyiqiga uchragach, Ibsen 1862-yili yurtini tashlab ketish va o'zining 27 yil-lik hayotini chet elda o'tkazishga majbur bo'ladi.

Ibsenning 1840—50-yillarda yozilgan asarlari norveg xalqi tari-xiga qaratilgan («Taxt uchun kurash») bo'lsa, 60-yillari yozilgan «Per-Gyunt», «Brand» kabi dramalari romantik ruhdagi ijod na-munalari hisoblanadi.

Ibsen hayot voqeligining aynan o'zini tasvirlash shaklini ama-liyotga olib kirdi. Shundan uning asarlarida insoniy kechinmalar o'z oqimi bo'ylab tabiiy davom etib, sun'iylikdan holi tarzda namoyon bo'ladi. Ibsen nutqining teatrga xos ko'tarinkiligi, an'anaviy monolog, chetga qarab so'zlash shakllaridan voz kechib, butun diqqatning jonli muloqotga qaratilishi e'tiborni tortadi. Ayni chog'da u teatr va dramaturgiyaga yangicha jilodorlik, sahnaviylik, nafosat tushunchalarini olib kirdi. Uning pyesalarida kundalik tur-mushda unchalik ko'zga tashlanmovchi istihola va mushkulotlar borlig'icha jo'shib turadi, sinchkovlik bilan saralangan detallar ham keng ma'noli shoirona obrazlar tasviriga aylanib ketadi. Drama-turgning tub ma'no va ruhiyat bilan bog'liq bu omillari shu qadar ifodaliki, ular goho timsoliy ma'no kasb etib, Ibsen dramaturgiyasi poetikasini namoyon etishga xizmat qiladi. Timsoliy ifodalar Ibsen asarlarining hayotiylik to'qimasiga zinhor putur yetkazmaydi, ak-sincha, shoirona umumlashma tarziga ko'chib, bamisoli tomchida olam aks etgani singari voqeaning ichki mohiyatini ochishga xizmat qiladi, oqibat natijada, inson va muhit orasidagi mushkulona no-mutanosiblikni namoyon etadi. Ibsen dramaturgiyasida pyesa «ostki oqimi»ni ochishga yordam beruvchi tub ma'no, muhit kabi unsur-lar ham, odatda, zohiran jo'yali turmushning ichki nobopligini ochishga qaratilgan bo'ladi.

Ibsenning XIX asr G'arbiy Ovro'po tanqidiy realizmining eng izchil va mukammal ifodasiga aylangan dramanavislik tizimi adib-ning ayni ikkinchi ijodiy bosqichida tugal shakllandi.

Ibsen 1879-yili o'zining eng sara asarlaridan biri «Qo'g'irchoq uy» dramasini yaratadi. Bu pyesa oila haqida bo'lib, undagi fikr-o'y, intilishlar oilaviy-ruhiy drama muammosidan tashqari ayolning oiladagi o'rni, odob-axloq, jamiyat tuzumining nobopligi bilan bog'lanib ketadi.

Pyesa oilaviy baxt va osudalik kayfiyatini ifodalashdan boshla-nadi. Er-xotinning bir-biriga parvonaligi, bolalarning sevinch-shodligi baxt ufurib turgan oila tasawurini beradi. Bank xizmatchisi Xelmer oilaning kam-ko'sti haqida o'ylasa, sadoqatli yori No'ra oila sarishtaligi haqida g'am chekadi. Ibsen bu baxtiyorlik suv usti-dagi ko'pikdek omonat ekanini asta-sekin oshkora etib boradi. Bayramona muhit qo'ynida kutilmaganda fojeona ohanglar ko'tarilib, kuchaya-kuchaya, oxiri «baxtiyor oilaning barbod bo'lishi — No'raning erini tashlab, uydan chiqib ketishi bilan ya-kun topadi. Bu ko'rgilikning sababi nimada edi?

No'ra erining og'ir xastaligi chog'ida undan yashirincha vek-selga o'zi imzo chekib, shu pul hisobiga uni xorijda davolatib qay-tib kelib. endi o'zicha o'sha qarzni to'lab yurardi. Xelmer tasar-rufida bank xizmatchisi bo'lib ishlovchi Krogstad bu ishdan xabar-dor edi. Xelmer uni ishdan bo'shatadigan bo'lib qoladi. Krogstad No'radan iltimos qilib, Xelmer uni ishdan bo'shatmasligini so'rashini aytadi. Bu amalga oshmagach, Krogstad Xelmerga xat orqali bu sirni oshkor etadi. Pyesa voqealari zohiran shu tarzda avj oladi: Xelmer xotinining mehribonchiligini nazarda tutib, himoya qilish o'rniga, uni «nohalollik»da ayblaydi va shu bilan bog'liq holda uning xudbinligi ochilib ketadi.

Xelmerning diyonatsizligi Norani o'z hayoti va oilaviy taqdiriga yangicha ko'z bilan qarashga majbur etadi. Nora riyokor-lik, adolatsizlikka chidolmay, pokiza, beg'ubor turmush deya oilani tark etishdek mash'umona qarorga keladi. Pyesada oilaning barbod bo'lishi sahnasi nurli his-tuyg'ularga yo'g'rilgan holatda xotima topadi: yolg'on-yashiq, riyokorlik xurujiga qarshi o'laroq ruhan pok bo'lib qoldi.

1884-yili Isbenning ijtimoiy dramalari turkumidan so'nggi namunasi bo'lmish «Yowoyi o'rdak» asari yaratiladi. Bu erda ijtimoiy mavzu bir qadar o'zgacha tarzda yoritilgan. Dramadagi asosiy muammo o'sha davr jamiyati hayotining qon-qoniga singib ketgan soxtalik va riyokorlik mavzusidir.

80-yillarning o'rtasida Ibsen ijodining so'nggi, uchinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqich asarlarida ham muallif awalgidek zamonaviy jamiyat hayotini haqqoniy aks ettirib, insonparvarlik ideallarini himoya qilib chiqadi. Lekin shu davrda yozilgan «Ros-mersxolm* (1886) va «Gedda Gabler» (1890) dramalarida fojiona umidsizlik ohanglari kuchayadi. Ibsen ezgulikning g'addor sharoitga zid kelishini chuqurroq anglab, hayotga ma'yusona ko'z bilan qaray boshlaydi.

Ibsenning ijodi ko'pgina mamlakatlarning ilg'or san'atkorlari faoliyatiga ta'sir ko'rsatgan. Duze, S. Bernar kabi sahna ustalari ijodida, XIX—XX asrlar jahon dramaturgiyasining ko'pgina yirik yutuqlarida Ibsen ma'naviyatining ta'siri sezilib turadi.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish