Kuzatuv dasturi
WeWork
o’z
lokatsiyalarini
boshqarishda
texnologiyalarga
tayanadi.
Kompaniyaning Nyu-York shtab-kvartirasida WeWork ishchilariga real vaqt
rejimida ma’lumotlarni to’plash imkonini beradigan sensorli ekran mavjud. Bunday
ma’lumotlar orqali ma’lum bir binoda nechta konferensiya zallari bandligini va
hattoki havo filtrlarining qachon almashtirilganligini ham bilib olish mumkin.
Facebook uchun ajratilgan joy
Business Journal xabariga ko‘ra, Kaliforniya shtatidagi Mountain Viewdagi
WeWorkning eng katta hisoblangan 450.000 kvadrat futlik sakkiz qavatlik binosi
faqat Facebook tomonidan egallab olingan.
Eng yaxshi ijarachi
2018-yil sentyabr oyiga kelib, WeWork Manhettenning eng katta ko’chmas mulk
egasiga aylandi. The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, kovorking
kompaniyasi Manhettenda 5.3 million kvadrat futni ijaraga olgan bo`lib, avvalgi
peshqadam — JPMorgan Chaseni ortda qoldirdi.
Hozirda WeWorkning erishgan yutuqlari ofislarni tashkillashtirish borasida katta
o‘zgarishga olib keldi desak bo’ladi. Kompaniya o‘zining vazifasi deb kun ko’rish
uchun ishlash emas, balki yashash mumkin bo’lgan dunyoni yaratishni biladi.
Bunda unga qo’shimcha tarzda yaratilgan “Rise by We” — sport zali, “WeLive” —
turar joyi va “WeGrow” — xususiy maktabi kabi loyihalari yordam beradi.
Bekzod Bekmukhamedov
HR
04.10.2019
8 MINUT
Kitobni qanday o‘qish kerakligi haqida asl haqiqatlar
Barcha taniqli ishbilarmonlar, prezidentlar, millionerlar kitob o‘qishni yaxshi
ko‘radilar va buni hammaga maslahat beradilar. Masalan, Bill Geytsning shaxsiy
veb-saytida “Kitoblar” deb nomlangan maxsus bo‘lim mavjud, u yerda u o‘qigan
kitoblarini faol ravishda tavsiya qiladi va kitob sharhlari yozadi. Shunday ekan kitob
o‘qish nafaqat sog‘ligimiz uchun balki shaxsiy rivojlanishimiz uchun ham eng
to‘g`ri tanlovdir. Biroq, barcha ham kitob o‘qishni yoqtirmaydi. Buning sababi
shundaki, u hanuzgacha o‘z qiziqarli kitobini, janrini, muallifini topa olmagan.
Aslida, biz hammamiz yaxshi o‘qiymiz. Xo‘sh, qanday qilib o‘qishni va to‘g‘ri kitob
tanlab o‘qishni boshlash kerak?
Insoniyat tarixi davomida ko‘plab kitoblar yozilgan. Odamlar butun hayoti
davomida o‘qib tugata olmaydigan ko‘plab kitoblar mavjud. Siz nimani o‘qish kerak
va nimani o‘qimaslikni qanday tanlaysiz? Avval qaysi kitobni o‘qishingiz kerak va
qaysi birini o‘qimasligingiz kerakliginichi? O‘qish kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatida
qanday qilib yo‘qolib qolmaslik kerak? Ushbu maqola shu savollarga javob topishga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |