Strategik tahlil tayyorlash metodikasi Reja



Download 36,7 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi36,7 Kb.
#243176
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Strategik tahlil tayyorlash metodikasi

Tahlilning omil metodi

Yana omilli va tizimli tahlilga qaytamiz. Tizimli-tuzilmaviy yondashuvga ko‘ra, davlatning tashqi siyosiy faoliyatiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadigan ichki va tashqi siyosiy omillarni ajratib olishimiz zarur va ularning o‘zaro ta’sirlashuvi va ahamiyatini baholashimiz kerak. Ma’lumki, obyektiv va subyektiv omillar mavjud. XM aktorining tashqi siyosiy xulqiga va umuman aniq siyosiy vaziyatga subyektiv ta’sir ko‘rsatuvchi omillar davlatlarning o‘zaro ta’siri va o‘rga­ni­la­yotgan mamlakat ichki vaziyati rivoji natijasida shakllantiriladi.

Ichki omillar quyidagilarga ta’sir ko‘rsatadi:

a) davlatlararo munosabatlar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida);

b) davlatning (O‘zbekiston Respublikasi) ko‘p tomonlama munosabatlari­dagi manfaatlari;

c) o‘rganilayotgan davlat manfaatdor geoiqtisodiy vaziyat (masalan, O‘zbekiston Respublikasi, quvur o‘tkazish strategiyasi);

d) mintaqadagi geosiyosiy vaziyat (xavfsizlik nuqtai nazaridan).

Hamkor davlatlarning tashqi siyosiy harakatlari subyektiv ta’sirning ikkinchi omili hisoblanadi. Sub’yektiv ta’sirning tashqi omillari tizimi global, mintaqaviy, geoiqtisodiy, geosiyosiy omillarga bo‘linadi.

Obyektiv omillarga, eng avvalo, omillarning global tizimi, joriy jahon siyosati omillari kiradi. Ularda XM va ular majmuining aniq yo‘nalganligi jamlanadi. Global omillarni ochib berish katta ahamiyatga ega, ular davlatning xalqaro munosabatlardagi barcha harakatlarini determinatsiya qiladi, shartlab qo‘yadi. Ularni hisobga olishni rad qilish qishloqlashtirishning o‘sishiga olib keladi (shu jumladan, yaqin o‘tmishdagi Turkmaniston). Yuqorida ko‘rib chiqilgan omillardan tashqari, XMning har qanday tahlilida hisobga olish zarur bo‘lgan mintaqaviy omillarni tahlilga tortish maqsadga muvofiqdir. Global va mintaqaviy omillarning o‘zaro aloqasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.Karimov tomonidan quyidagi formulada ifodalangan: “mintaqaviy omilni global omil orqali hal qilish”.

Mintaqaviy omillar ikki ko‘rinishga bo‘linadi:

1) Mintaqaviy (masalan, MO, ammo jahon hamjamiyatida MOga qaysi davlatlar kiradi, ular umumiy XMMM bormi, degan masala bo‘yicha turli muqobil variantlar mavjud).

2) Mintaqaviy muhit (bu juda muhim, biz “beqarorlik yoyi”, “zaxiralar yoyi”da joylashganmiz va kontinental mamlakatmiz).

Geoiqtisodiy va geosiyosiy omillar ham alohida ahamiyatga ega .



Geoiqtisodiy omillarga jahondagi iqtisodiy manfaatlarning o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi omillar kiradi (xususan, global iqtisodiyot sohasidagi vaziyat, Janubiy Koreyadagi vaziyat, Yaqin Sharqning neft va gaz qazib oluvchi davlatlaridagi iqtisodiy vaziyat va boshqalar).

XMni tahlil qilishda global va mintaqaviy darajadagi joriy iqtisodiy o‘zaro munosabatlarning majmuini hisobga olish kerak hamda XMning turli jihatlaridagi geoiqtisodiy jarayonlarning kauzal modelini ishlab chiqish kerak.



Geosiyosiy omillarga xalqaro xavfsizlik strategiyasi birligi va majmui, yangi jahon tartiboti va XMning joriy tizimidagi kuchlar balansini aks ettiruvchi omillar kiradi. Bu darajada tahlil qilinayotgan davlatlar XMMM balansini, ularning imkoniyatlari va mavjud zaxiralar balansini, ko‘p darajali hamkorlikni (davlatlarda har bir alohida olingan sohada turli hamkorlar bo‘lishi mumkin) o‘rganish zarur. Xususiy omillar borligini ham hisobga olish kerak. Ularga aniq individlar, vaziyatlar, aniq tahdid va boshqalarni kiritish mumkin. Har bir tizimni shakllantiruvchi omillarga xususiy omillarning yaxlit to‘plami kiradi. Bu ma’noda strategik axborot ham xususiy omillarga tegishli.

Omillar ularni boshqa omillar bilan birlashtirishda paydo bo‘ladi. Siyosiy vaziyatlar rivoji jarayonida ular betaraflashtirilishi mumkin. Qisman va yirik neytrallash farqlanadi. U yoki bu omilning hukmronligi holatida u monopol bo‘ladi (masalan, ko‘pincha Lotin Ameri kasida – bu AQSh omili).

Omillarning optimal munosabatiga erishish maqsadida XM aktorlari davlatlari manfaatlari balansi va muvofiqlashishiga erishish zarur, bunga xalqaro siyosatda qiyinchilik bilan erishish mumkin.

Tahlil jarayonini soddalashtirish uchun o‘rganilayotgan omillar reytingini tuzish lozim. Omillar banki bilan ishlash algoritmi:



  1. Mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid reytingi - birlamchi tahdid.

  2. Tahdidni bartaraf qilish uchun zaxiralar tuzilmasi (defitsit).

  3. Qaysi omillar defitsit (tanqislik)ni bartaraf qila oladi va qaysi sharoitda –birlamchi omil.

  4. Qaysi qo‘shimcha omillar birlamchi omillarni barqarorlashtiradi - omillar balansi. Demak, dastlab tahlil predmetiga ta’sir qila oluvchi, shakllantiruvchi omillar aniqlanadi. Keyin birlamchi omillar ajratib olinadi, ulardan ehtimoliy balans keltirib chiqariladi. Bunda asosiy e’tibor salohiyatli strategik omillarga, ularni neytrallashtirish, tutib turish, rag‘batlantirishni hisobga olishga qaratiladi:

  5. Axborotni tasdiqlash.

  6. Axborotning davlat XMMMga mosligini aniqlash.

Strategik tahlilda omildan tashqari “vektor” tushunchasi mavjud. Odatda “vektor” tushunchasi ostida harakatlar integratsiyasi va milliy xavfsizlikning barcha o‘rganilyatgan omillarini umumlashtirish tushuniladi. Bunda taklif qilinadigan harakatlarning algoritmlari quyidagichadir: XMMM, ularga tahdidlar, zaxiralar - har bir omil bilan qiyoslash (omilni aniqlashtirish). Keyin XMMM bilan aloqador holda omil ta’sirini ochib berish: bartaraf qiluvchi, monopollashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi. Oxirgi natija ularni yagona vektorga umumlashtirish hisoblanadi. Vektor XMMM uchun zarur omillarni o‘z ichiga oladi. Ammo, bu model vektordir (biz yaratgan vaziyat modelidan kelib chiquvchi), aslida boshqari­luv­chan, zaif boshqariluvchan va umuman boshqarilmagan vektor amalda harakat qilmoqda. Analitikning vazifasiga qaysi sharoitda vektor boshqariluvchan bo‘lishi mumkinligini aniqlash kiradi.


Download 36,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish