Strategik tahlil tayyorlash metodikasi Reja



Download 36,7 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi36,7 Kb.
#243176
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Strategik tahlil tayyorlash metodikasi

Tendensiyalarni aniqlash

Tahliliy ma’ruzaning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan voqea, muammo va vaziyatning joriy tendensiyalarini aniqlashdir, zotan, ularsiz siyosiy voqealarni bashorat qilish mumkin emas. Siyosiy hodisalar bashorat qilishning obyektiv asosi shundaki, ularning kelajagi hozirgi zamondan iborat, ammo faqat imkoniyatlarda. Imkoniyat voqelikning o‘zida, uning keyingi taraqqiyotidagi yashirin tendensiya sifatida obyektiv shaklda mavjud bo‘ladi. Shuning uchun kelajakni bashorat qilishning siyosiy tizimning hozirgi holatidagi tendensiyalar, imkoniyatlarni anglashdan boshqa yo‘li yo‘q. Imkoniyatni anglab, biz yashirin, ammo ko‘zlangan tendensiyani belgilashimiz mumkin. Ko‘zlangan tendensiya paydo bo‘lgan, ammo keng tarqalmagan tendensiyadir, ammo biz uni istiqbolli hisoblaymiz.

Masalan, Yevropaning yirik biznesi Markaziy Osiyoda kor­xonalar barpo etilishiga qo‘rqib qarashadi. Ammo ular bajonidil Mar­kaziy Osiyodagi neft va gaz qazib oluvchi respublikalar, shu jumladan, Qozog‘iston va Turkmaniston bilan aloqaga kirishadi. Nima uchun? Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida ularni qiziqtiruvchi zaxiralar (neft va gaz) salohiyati bor, bu esa, YEI va AQShning investitsion qobiliyatlarini hisobga oladi, MO mamlakatlari va Yevropa hamjamiyati o‘rtasidagi o‘zaro foydali hamkorlik istiqbolini ochib beradi. Bu tendensiyadir. U nima haqida gapirmoqda? Yevropa va AQShning MOdagi energetika biznesi taraqqiyoti ehtimolligi to‘g‘risida, agar mintaqa davlatlari zarur shart-sharoitlarda mutanosib ehtiyojlarni his qilsa. Shunday qilib, tendensiya ehtiyojlar amalga oshirilishini ifodalaydi.

Davlat ehtiyojlari, yuqorida aytilganidek, uning milliy manfaatlari orqali ifodalanadi. Shining uchun agar O‘zbekistondagi vaziyatni o‘rgansak, O‘zbekiston milliy manfaatlaridan, O‘zbekistonning tub ziddiyatlaridan ehtiyojlar jadvalini shakllantiramiz. Ehtiyojlar manfaatlarining barqaror realizatsiyasini ta’minlovchi tendensiya turg‘un hisoblanadi. Agar tendensiya tahdid va xavflarga bardosh bersa, qonuniyatga aylanadi. Masalan, O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish tendensiyasi ketmoqda. Ammo hozirgi vaqtda O‘zbe­kis­tonning ijtimoiy hayoti zaif. Tendensiyalar mavjud, ammo qonuniyat yo‘q, mavjud muxolifat nokonstruk­tiv, shuning uchun bu tendensiyaning barqarorligi haqida gapirishga hali erta.



Tendensiya hamkor davlatlar milliy manfaatlarining amalga oshishi darajasiga qarab ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mimkin. To‘g‘ri keluvhi manfaatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ikki yoki undan ortiq davlatlarning hamkorligi shunchalik ijobiy xarakterga ega bo‘ladi (masalan, O‘zbekiston va Turkmanistonning joriy hamkorligi). Va aksincha, manfaatlar to‘g‘ri kelmasa yoki manfaatlar mosligi yetarli darajada bo‘lmasa, biz davlatlararo munosabatlardagi salbiy tendensiya haqida gapiramiz (masalan, AQSh - Eronning zamonaviy munosabatlari).

Tendensiyani aniqlash uchun tahlil subyektlari va uning aniq ko‘rinishlarini aniqlash kerak (kimlar o‘rtasida, qaysi sohada, qanday vaziyatda). Masalan, suv zaxiralari bo‘yicha (O‘zbekiston – Tojikiston, Tojikiston - Qirg‘iziston). Ziddiyat (qarama-qarshilik) tendensiyasi o‘chuvchi va o‘suvchi bolishi mumkin. Muammoni o‘rga­nishning dastlabki tahlilida ziddiyat sababini aniqlash lozim. Bunda vositalarni aniqlash, sabablar dinamikasi va reytingi ahamiyatga ega. Ziddiyatlar intensivligi darajasi bo‘yicha ancha xavfli ziddiyat (davlat milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi) antogonistik ziddiyat hisoblanadi.

Haqiqiy hayot siyosatda tendensiyalar to‘qnashuvi ro‘y bermoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tendensiyalar iqtisodiy sohadagi tendensiyalarni neytralizatsiya qiladi. Bir qancha tendensiyalar bir soha doirasida birga mavjud bo‘lishi mumkin. Ob’yektivlik uchun barcha tendensiyalarni ko‘rsatish kerak, ammo bunda tendensiyalarni qaysi sohaga tegishliligini aniq ko‘rsatish kerak.




Download 36,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish