Insonsog‘lig‘i xali ham tug‘ilgandagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi bilan belgilanadi. Lekin 2010 yildagi Inson taraqqiyoti indeksi inson bilimini darajasini belgilashda 2 omilni hisobga oladi: 1) Bugungi kunda mamlakatdagi maktab yoshidagi bolaning maktabda qancha muddat o‘qiy olishi; 2) 25 va undan katta yoshdagi insonlarning o‘rta hisobda bilim olgan yillar muddati. Aholi o‘rtacha daromadini o‘lchash mezoni yalpi ichki mahsulot qiymatidan kishi boshiga YAlpi milliy daromad qiymatiga ko‘chdi. YAlpi milliy daromad o‘z ichiga chet el yordami va boshqa daromadlarni ham o‘z ichiga oladi va bu o‘z navbatida rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiyotning holatini to‘laqonliroq tasvirlab beradi.
Nimauchunta’limvakishiboshigao‘rtachadaromadko‘rsatkichlari mezonlarini belgilash o‘zgartirilishi lozim? Ko‘rsatkich mezonlari bir necha sabablarga ko‘ra o‘zgartirildi. Masalan (ilgarigi) katta yoshlilarning savodxonlik darajasi ilgarigi Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha bilim darajasini to‘laqonli ravishda belgilab bermagan (faqatgina savodli yoki savodsiz deb ko‘rsatilib ularning savodxonlik darajasi ko‘rsatilmagan). Agar ta’lim olish yillarining o‘rtacha miqdori va ta’lim olish yillari kutilayotgan muddati ko‘rsatilsa ta’lim darajasi va ta’limda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tushunish osonlashadi.
YAlpi ichki mahsulot – bu mamlakatga qancha ushlab qolinganiga qaramasdan mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning puldagi qiymatidir.
YAlpi milliy daromad esa mamlakatda yashovchi fuqarolariga hisoblangan daromad bo‘lib mamlakatga oqib kelayotgan pul o‘tkazmalari, yordamlar va mamlakatda ishlab chiqarilib chet elga chiqarilgandan tashqari (daromadlarning) – tovar va hizmatlarning puldagi ifodasi kiradi. Lekin bunga mamlakat ichida ishlab chiqarilab chet elga chiqarilgan daromad kirmaydi. SHuning uchun ham YAlpi milliy daromad mamlakatning iqtisodiy boyligi farovonligini aniqroq qilib ko‘rsatuvchi aniq mezon hisoblanadi.
Hisobotda ko‘rsatilishicha mamlakat fuqarolarning daromadini YAlpi milliy
daromadi yoki YAlpi ichki mahsulot bo‘yicha hisoblanganda katta farq kelib chiqishi mumkin. Inson taraqqiyoti indeksi hisoblashlari “arifmetik” dan ko‘ra endi “geometrik” va talablar ham ancha o‘zgardi. Bu nimani nazarda tutadi? Avvallari Inson taraqqiyoti indeksi hajmlari ko‘rsatkichlari arifmetik qiymat shakli bilan hisoblanardi va normalashtirilgan minimum va maksimum ko‘rsatkichlar qo‘llanilar edi. Normalashtirish esa har xil birliklarda ifodalangan ko‘rsatkichlardan birliklarsiz 0 dan 1 gacha qiymatga ega bo‘lgan miqdor ko‘rsatkichlarga o‘tishni taqozo qiladi. Bu yilgi Inson taraqqiyoti indeksi shakli esa Inson taraqqiyoti indeksi tomonidan ma’lum muddatda kuzatilgan kompyuterlashtirilgan va hisobotlashtirilgan minimum
maksimumga asoslangan, normalashtirilgan ko‘rsatkichlariga asoslangan geometrik ifodaga ega. SHuning uchun ham ilgarigi kishi boshiga daromad darajasining kuzatilgan maksimum nuqtasi 2010 yilgi Inson taraqqiyoti indeksi hisobotida o‘zgaritirildi. Geometrik qiymatni qabul qilish notekis rivojlanayotgan mamlakatlar hajmlarini ham, past darajadagi ko‘rsatkich qiymatlarini ham ishlab chiqara oladi. Geometrik o‘rtacha qiymat Inson taraqqiyoti indeksi o‘rinlariga ozgina ta’sir ko‘rsatadi.