Kompaniya strategiyasini belgilashga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarning o’zaro ta’siri har bir tarmokda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, vaqt davomida o’zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Firma hamisha ham o’zi xohlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning harakatlari qonun, siyosati, ijtimoiy tartibot va jamiyat mavqei bilan chegaralanadi.
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
1) jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish;
2) ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab o’z faoliyatini tartibga solish;
3) tartibga soluvchi me’yorlar bilan ziddiyatta bormaslik uchun zarur harakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish;
4) hissadorlar manfaati va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash;
5) jamiyatda kompaniyaning fuqarolik mavqeini ta’minlash.
Tarmoqning jozibadorligi va raqobatchilik darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini ilgari shug’ullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiyani kompaniyaning yaxshi anglangan sohasiga qurilishi lozim.
Strategiyada hisobga olinishi lozim bo’lgan va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning oddiy modeli 5-chizmada keltirilgan. Bu omillarning o’zaro ta’siri odatda har tomonlama mazmunga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniya faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiya-ning o’zi muvaffaqiyat keltira olmaydi.
6. Strategiyani ishlab chiqish uslubi. Strategiyani yaratishga bo’lgan turli xil yondashuvlar Tashkilot strategiyasi - kompaniyani turgan joyidan erishmoqchi bo’lgan joyiga qanday qilib o’tkazish mumkin, degan masalani echish borasidagi yo’riqnomadir. Odatda strategiya 4 xil darajada ishlab chiqiladi:
-korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yqnalishlari
bo’yicha umumiy strategiya); Ishbop strategiya (kompaniyaning har bir yo’nalishi uchun
strategiya);
Funktsional strategiya (kompaniyaning har bir funktsional tuzilmasi uchun strategiya);
-amaliy strategiya (asosiy tuzilmalar: zavodlar, savdo shoxobchalari va bo’limlar uchun ).
Strategiyani ishlab chiqishning asosiy tashkiliy pog’onalari
Strategiya faqat oliy rahbariyat miqyosidagina ishlab chiqilishi mumkin emas. Uni ishlab chiqishning quyidagi to’rtta pog’onasini ajratib olish maqsadga muvofikdir:
korporatsiya mikyosi;
bo’linmalar miqyosi;
funktsional miqyosi;
quyi pog’ona menejerlari (dala komandirlari).
Firmada strategiyani ishlab chiqish ierarxiyasi quyidagi jadvalda keltirilgan.