9. Таълим шарт-шароитлари:
Гурухларда ишлашга мослаштирилган стомотологик кабинетлар
10. Мониторинг ва бахолаш:
Назорат; назорат учун саволлар, укув топширикларни бажариш, амалий куникмаларни бажариш.
11.Мавзуни асослаш:
Сут ва илдизи шаклланмаган доимий тишлар пульпитини самарали даволаш даволанмаган тишда содир бўлиши мумкин бўлган қатор асоратларни (периодонт яллиғланиши, периостит, остеомиелит) олдини олади. Шу билан бир қаторда бемор тишидаги оғриқ ва яллиғланиш жараёнларига чек қўйиб, уни чайнов фаолиятида тўлиқ қатнашишини таъминлайди.
12.Фанлараро ва фан ичида боғлиқлик
Мазкур мавзуни ёритиш талабанинг нормал анатомия, гистология, патологик анатомия, патология физиология, терапевтик стоматология, жаррохлик стоматология фанларидан олган билимларига асосланган.
Дарс давомида олган билимлари терапевтик стоматология, жаррохлик стоматологиясида тиш касалликлари муолажаларида қўл келади.
13.Дарснинг мазмуни:
-Талабаларга сут ва илдизи шаклланмаган доимий тишлар пулпитларида бемор шикоятига сабаб бўлувчи асосий оғриқ симптомини ва пульпа тўқимасида кечаётган яллиғланиш жараёнларини тўғри даволаш усулларини қўллаб бартараф қилишни ўргатиш.
13.1.Назарий қисм:
3.8.Bolalarda pulpit kasalligini davolashning o`ziga xos chora-tadbirlari
Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maqsad bemor shikoyatlarini, pulpa to`qimasidagi yallig`lanish jarayonini bartaraf qilish, jarohatlangan tishning anatomik va funksional holatini tiklash, periodont, jag` suyagi va yumshoq to`qimalarda vujudga kelishi mumkin bo`lgan bir qadar yallig`lanish jarayonlarining oldini olish (profilaktika)dir. Bulardan tashqari, bolalarda tish ildizlarining shakllanishi yoki fiziologik so`rilish jarayonlarining me’yorida borishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga egadir. Yuqorida ko`rsatilgan vazifani izchillik bilan amalga oshirish uchun davolash usuli oddiy, bajariladigan texnik ishlov jarayonlari og`riqsiz bo`lishi zarur.
Bolalarda pulpit kasalligini davolash usullari o`ziga xos bo`lishi bilan bir qatorda, ularning ijobiy hamda salbiy tomonlari ham bo`lishini nazarda tutmoq lozim.
Pulpa yallig`lanishi (pulpit) ni davolashning quyidagi usullari mavjud:
1. Toj va ildiz pulpasining tirikligini va fiziologik faolligini ta’minlovchi (biologik) usul.
2. Og`riqsizlantirish yo`li bilan tirik tish pulpasini qisman olib tashlash (vital amputatsiya) usuli.
3. Og`riqsizlantirish yo`li bilan toj pulpasini to`liq, ildiz pulpasini qisman olib tashlash - chuqur amputatsiya usuli.
4 Og`riqsizlantirish yo`li bilan tish pulpasining toj va ildiz qismlarini to`liq olib tashlash (vital ekstirpatsiya) usuli.
5. Yallig`langan tish pulpasini jonsizlantirib, qisman olib tashlash (amputatsiya) usuli. Jonsizlantiruvchi (nekroz chaqiruvchi) vosita sifatida arsenat kislotasi (E. YE. Platonov tavsiya qilgan retseptlar asosida), fenol va formalin eritmalarnning (2:1 nisbatda) aralashmasi, paraformaldegidli pasta(Devit A, B, S, D) va boshqalar ishlatiladi.
6. Jonsizlantirilgan pulpani to`liq - butkul olib tashlash (devital ekstirpatsiya) usuli.
Davolashning u yoki bu usulini tanlashda kasal tishning kaysi guruhga kirishini, kasallikning rivojlanish davrini, qo`yilgan tashxisni va bolaning yoshini, albatta hisobga olish muhimdir. Shuning uchun davolovchi vrach bolalarda tishlarning chiqish muddatlarini, ildizlarning shakllanish va so`rilishi jarayonlarini, tishlar almashinuvi muddatlarini juda yaxshi tasavvur qila bilishi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |