Стоматология касалликлари профилактикаси Фан – Болалар кариесологияси


Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash



Download 241 Kb.
bet6/12
Sana01.06.2022
Hajmi241 Kb.
#627412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-Мавзу янги

3.9. Yallig`langan pulpani biologik usulda davolash


Davolashning bu usuli tish pulpasining to`liq saqlanishini va hayot iy faolligini davom ettirishni ta’minlaydi. Quyidagi hollarda bu usul bilan davolash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. O`rta va chuqur kariyes kovagini charxlash paytida bilmagan holda qo`qqisdan pulpa to`qimasiga jarohat yetkazilganda yoki u ochilib qolganda.
2. Shakllangan va shakllanmagan tishlarda kechadigan qisman o`tkir (chegaralangan) pulpitda.
3 Ildizi shakllanmagan bir ildizli doimiy tishlarda, umumiy o`tkir pulpitda.
4. Sut va doimiy tishlarda kechadigan surunkali fibroz pulpitda. Agar periodont to`qimasida o`zgarishlar yuz bermagan va kariyes kovagi Blek buyicha I sinfga taalluqli bo`lgandagina.
Davolash texnikasi bolalarda klinik belgilarga qarab o`ziga xos bo`lishi mumkin.
Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo`qqisdan pulpa bo`shlig`i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga so`lak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror iliq antiseptik bilan yuvib quritib, jarohatlangan sohaga kaltsin yoki kalmetsin pastasidan surtiladi. Kariyes kovagi suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi.(7- rasm,a).



7-Rasm. Ildizi shakllanmagan sut tishlarini biologik usulda davolash: a – ochilgan pulpa jarohatini to`g`ridan-to`g`ri bekitish: 1-kalmetsin; 2-suvli dentin qatlami; 3-doimiy plomba; b-ijobiy natija ildizlar to`liq shakllangan; v-salbiy natija: 1-pulpa nekrozi; 2-ildiz cho`qqisi atrofidagi suyak to`qimasining yemirilishi.


Jarohatlangan tish 5-7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa, ikkinchi qatnovda vaqtinchalik plombani doimiy plomba bilan almashtiriladi (chuqur kariyes davosiga karalsin).


O`tkir pulpitda birinchi murojaat paytida tish kariyes kovagi birmuncha kengaytirilib ochiladi. Kovak tub sathidagi yumshoq dentin 3-4% li dikainning suvdagi eritmasi bilan yoki anestezin kristallari yordamida 2-3 minut mobaynida og`riqsizlantiriladi. Shundan keyin kariyes kovagi tub sathi va devorlaridan jarohatlangan dentin to`qimasi qavatma-qavat ko`chiriladi. Tish toj bo`shlig`i kichik sharsimon bor yordamida ehtiyotkorlik bilan ochiladi. Bu hol umumiy o`tkir diffuz pulpitda yallig`langan pulpa kovagida yig`ilgan ekssudatning oqib chiqishini va bir qadar pulpa to`qimasida (qo`yilgan davolovchi plomba ta’sirida) tiklanish jarayonlarini ta’minlaydi. Qisman (chegaralangan) o`tkir pulpitda toj bo`shlig`ini ataylab ochish shart emas. Yallig`lanish natijasida hosil bo`lgan pulpa bo`shlig`idagi ekssudat shakllanmagan bo`lib, anchagina keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mumkin. Yupka dentin qavati dentin yo`llari orqali kovakka qo`yilgan dori diffuz yuli bilan yallig`langan pulpaga bemalol o`tib, ta’sir ko`rsatadi.
Yuqorida bayon etilgan davo tadbirlari quyidagicha bajariladi.
Tayyorlangan kariyes kovagi iliq antiseptik, mikroblarga qarshi antibiotiklar, ferment eritmalari bilan yuvilib, mikrobsizlantirilgan (steril) tampon yordamida quritiladi. Kovak tub sathiga davo qatlami pasta holida qo`yiladi. Davolovchi pastalar mikroblarga qarshi ta’sir etuvchi moddalar, antibiotiklar, yallig`lanish jarayonini to`xtatuvchi malhamlar va fermentlardan tayyorlanishi mumkin. Buning uchun biror antibiotik eritmasidan bir tomchi olinib, gidrokortizon emulsiyasi bilan aralashtiriladi va unga tripsin yoki boshqa bir oqsil parchalovchi ferment qo`shiladi. Keng spektr ta’siriga ega bo`lgan antibiotiklarni ishlatish maqsadga muvofiqdir (neomitsin, eritromitsin, streptomitsin). Davo qatlami ustidan kovak suvli dentindan hosil qilingan vaqtinchalik plomba bilan berkitiladi.
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, davolovchi pasta tayyorlashdan oldin, albatta boladan yoki ota-onalaridan bola organizmining antibiotiklarga sezgirligini aniqlash lozim. Chunonchi, ba’zi bir hollarda yo`l qo`yilgan, arzimagan bo`lib ko`ringan xatoimiz og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Vaqtinchalik plomba qo`yilgan tish 2-3 kun mobaynida bezovta qilmasa, ikkinchi qatnov vaqtida plomba olib tashlanib, kariyes kovagiga qo`shimcha ishlov beriladi. Kovak tub sathiga kaltsin yoki kalmetsin pastasidan yupqa qatlam surtilib, ustiga yumshoq paxta tampon quyiladi va suvli dentin pasta bilan 7-10 kunga berkitiladi. Shu davr mobaynida kasallangan tish bolani bezovta qilmagan taqdirda navbatdagi qatnovda kariyes kovagi doimiy plomba bilan berkitiladi va tishning anatomik shakli tiklanadi.
Surunkali kechadigan fibroz pulpitni biologik usulda davolash bir muncha oddiyroqdir. Tish kariyes kovagi charxlanib, unga kerakli shakl beriladi. Kovakning tub sathiga kalmetsin, kaltsindan tayyorlangan yoki bo`lmasa vinilinda tayyorlangan sun’iy dentin pasta (u Shostakovskiy balzami nomi bilan tanish) surtilib, issiq havo oqimi yordamida quritiladi. Keyingi qatlamni fosfat sementidan tayyorlangan ajratuvchi qatlam tashkil etadi. Doimiy plomba sifatida silidontdan foydalanish mumkin. Doimiy plombani 2-3 sutkadan keyin navbatdagi murojaat paytida ham qo`yish mumkin. Biologik usulni ildizlari so`rila boshlagan ko`p ildizli (molyar) sut tishlarida qo`llash yaxshi natijalar beradi. Bir qatnovda davolash esa vaqtdan yutishni ta’minlaydi. Bu usulda davolangan tishlarda periodontda vujudga keladigan asoratlar kamdan-kam holatlarda yuzaga kelishi mumkin. Bordiyu, shunday vaziyat yuz bersa, davolangan sut gishi olib tashlanadi.


Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish