Sporalilar sinfining tipik vakili bezgak parazitlari. Ularning shakli soda bo’lib amyobasimon. Harakat organoidlari yoq. Erkaklarda xivchin bor. Qisqaruvchi va hazm vakuolalari bo’lmaydi. Ko’payishi jinssiz va jinsiy. Odam va hayvonlarning qonida parazitlik qiladi-gemosporidiyalar turkumi tabiatda keng tarqalgan. Odamda ularning bir nechta turlari parazitlik qiladi.
1. uch kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi-Plasmodium vivax
2. to’rt kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi-Plasmodium malaria
Bular bir-biridan morfologik jihatdan hamda chaqirgan kasalliklarining o’ziga xos belgilari bilan farq qiladi.
Bezgak parazitlarini birinchi marta 1879- yilda rus vrachi V. M. Afanasev va fransuz olimi Laveran aniqlagan. Plazmodiyning sporalilar sinfiga kirishini Mechnikov birinchi bo’lib aniqlagan. 1947-yilda angliyalik parazitolog maymunlar ustida tajriba olib brogan va bezgak parazitlari qon hujayralariga tushguncha jigarda yashashini va kopayishini aniqladi.
Bezgak plazmodiysining rivojlanish sikli
Bezgak plazmodiysining taraqqiyot sikli murakkab bo’lib xo’jayinlarini alamshtirib turish va parazitlik shakllarining almashinishi bilan bog’langan. Uning rivojlanish sikli 3 bosqichdan iborat:
Toksoplazmalar ayrim issiq qonli hayvonlar-kalamushlar, sichqonlar, yirtqich hayvonlar va odamning deyarli barcha a’zolar va tizimlarida parazitlik qiladi.
Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasalliklar toksoplazmoz deyiladi. Bu kasalliklar asosan o’rta osiyo mamlakatlari va qozogistinda hayvon va odamlar orasida uchrab turadi.
Toksoplazmalar asosiy xo’jayinining epiteliy hujayralarida shizontlarni hosil qiladi shizontlar shizogoniya usulida ko’payadi. Shizogoniya natijasida merozoitlar hosil bo’ladi. Merozoitlar yarim oy shaklida bo’lib hujayra devorini yoradi va ichak kavagiga tushadi.
Ma’lum vaqtdan so’ng merozoitlar boshqa epiteliy hujayralariga kirib shizontlarga aylanadi va shizogoniya takrorlanadi. Shizogoniya jarayoni bir necha bor takrorlanganidan so’ng ichakning epiteliy hujayrasiga kirgan merozoitlar erkaklik jinsiy hujayrasi mikrogameta boshqalari esa makrogameta hosil qiladi.
Odamda toksoplazmalar quyidagi yo’llar orqali o’tishi mumkin
1. og’iz orqali-peros. Sporasistalar bilan ifloslangan sabzavot, mevalar, qo’llar orqali yoki toksoplazma sistalari bilan zararlangan go’sht-sut mahsulotlari orqali.
2. kontakt yo’li bilan zararlangaqn hayvonlar terisi shilinganda, kasalxonalarda yoki toksoplazmani aniqlaydigan laboratoriyalarda sistalar odamning jarohatlangan terisi va shilliq pardalari orqali yuqishi mumkin.
3. transplatsentar yo’l bilan onadan yo’ldosh orqali bolaga. Bu yo’l homilador bemor ayollarda kuzatiladi.
4. havo tomchi orqali- o’pka toksoplazmozi kuzatiladi.
Toksoplazmani aniqlash uchun quyidagi laboratoriya usullari qo’llanadi: