Stomatologik kasalliklar profilaktikasi



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

I. 
Galogen 
lampa 
nurida 
qotuvchilar:
 
1. Fissurit va fissurit-F - 
ftor saqlovchi, galogen lampa nurida qotuvchi «VOKO» 
firmasining germetik preparatidir. Mazkur germetiklar kuchsiz yopishqoqlik xususiyatiga ega 
bo`lgan metakrilat kislotasining hosilasi bo`lib, chaynov tishlar fissuralarini kariesga qarshi 
muhrlashda ishlatiladi. Fissuritlar tarkibiga qo`shiladigan oyna zarrachalarining 99%-i 1 mikron 
o`lchamga egadir, bu esa preparatga, yaxshi singib kirish xususiyatini beradi. 
 
2. Fissulayt-LS 
Rossiyaning «VladMIVA» firmasining mahsuloti. Organik biriktiruvchi 
alyumoftorsilikat to`ldiruvchi kompozit material bo`lib, uning tarkibiga kiruvchi, ftor saqlovchi 
noorganik komponenti profilaktik ta‘sir ko`rsatadi. Ortofosfor kislotasining mavjudligi germetik 
qo`llashdan oldin maxsus kislotali ishlovga ojat qoldirmaydi. "Fissulayt-LS" adgeziyasi emal 
gidroksiapatiti bilan kimyoviy birikishiga asoslangan bo`lib, galogen lampa nurida qotib 24 soat 
mobaynida emal yuzasida saqlanadi. 
3. Fissulayt
- kislotali ishlovsiz emal yuzasiga yotqiziladigan germetik. Galogen lampa nurida 
qotuvchi bu silant tarkibida quyidagilarni tutadi: 
-oligokarbonat metakrilat; 
-trietilenglikol dimetakrilat; 
-fosforli oligoefirakrilat; 
-polimerizatsiyani kuchaytiruvchi va susaytiruvchi katalizatorlar. 
Bo‘lardan tashqari yana qator nurda qotuvchi germetiklar mavjud. Ba‘zi birlarini sanab 
o`tamiz: Nuva-sil, A1ra-se1, Esre-717, Tr2206, Bariton-L3, "Folakor". Ftor saqlovchi 
germetiklardan Fluro sheld (AKS), Eroxulite-9075 (AKS).
II.Mustaqil qotuvchi germetiklar: 
Germetiklar sifatida ko`pchilik ollarda o`zi qotuvchi kompozitsion materiallardan ham 
foydalanish qulaylik tug`dirishi bilan birgalikda, samarali bo`lib hisoblanadi. Bo‘lardan bizga 
tanish bo`lgan evikrol, qonsayz, lyumiqon va boshqalar. Oddiy sementlardan: Silidont-Beladont, 
Silitsin-Belatsin va 5% li natriy ftorid saqlovchi fosfat sement va boshqalar. 
Fissuralarni muhrlab yuqori natijalar olish uchun iloji boricha
chaynov tishlar chiqib bo`lgan 
zaoti germetiklar bilan fissuralarni yopish maqsadli hisoblanadi. 
Germetik preparatlar doimo yaxshilab tozalanib, quritilgan yuzalarga yotqizilishi lozim. 
Ana shunday sharoitni hosil qilish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: 
1. Tishlarni cho`tka-yordamida ftor saqlamaydigan pastalar bilan tozalab yuvish lozim. Ftor 
saqlovchi pastalar bilan tishlar yuvilganda emal tekshikchalari yopilib, ularni kislotalar bilan 
ishlovini samarasi pasayadi, bu esa germetik qobiqni tez tushib ketishiga olib keladi. 
2. Chaynov yuzasini qo`shimcha ravishda aylanma cho`tka, rezina g`altakcha yordamida abraziv 
moddalardan foydalanib tozalash. 
3. Qolgan-qutgan karashlarni suv-havo oqimi bilan tozalash. 
4. Tishlarni so`lakdan paxta bolishlar yordamida ajratish yoki so`lak so`rish asbobida so`lakni 
quritish. 
5. 30 sekund mobaynida tishlar yoki tish yuzasini obdon quritish. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish