Stomatologik kasalliklar profilaktikasi


Eshitadi  yozib  oladi  1.Mavzuga kirish  (15 daqiqa)



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/217
Sana30.03.2022
Hajmi2,91 Mb.
#517705
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217
Bog'liq
stomatologik kasalliklar profilaktikasi (1)

 
Eshitadi 
yozib 
oladi 
1.Mavzuga
kirish 
(15 daqiqa)
 
1.Mavzu maqsadi va vazifasi bilan tanishtiradi: 
Maqsad:
Stomatologik 
kasalliklar 
profilaktikasi 
chora tadbirlarini ishlab chiqishni kompleks tizim 
sifatida 
barcha 
joylarda 
amalga 
oshira 
bilishni,samaradorligini 
aniqlashni 
va 
sanitariyamaorif ishlarini olib borish yo‘llarini 
talabalarga o‘rgatish. 
Vazifasi: 

Stomatologik kasalliklarning etiologiyasi, 
patogenezi, klinik kechishi, davolash prinstiplari va 
profilaktik choralari to‘g‘risida tushuncha hosil 
qilish va bilimini shakllantirish; 

Bemorni tekshirish amaliy ko‘nikmalarini 
ishlab chiqish; 

Asosiy 
stomatologik 
kasalliklarni 
sindromlarini aniqlash ko‘nikmalarini ishlab 
chiqish; 

Kasalliklarni 
davolash, 
profilaktika, 
tekshirish rejasini to‘zish bilimlarini shakllantirish.
 
 
 
 
 
Tinglaydilar 
talabalar berilgan 
savollarga javob 
beradilar 

asosiy 
bosqich
1. Mavzuni tushuntirib beradi, slaydlar namoyish 
qilish 
Tinglaydilar 
yozib oladilar 


24 
(50 daqiqa) 
2.Ko‘rgazmali plakatlardan foydalanadi
Tinglaydilar
 
Yakuniy 
bosqich 
10 
daqiqa 
1. Yakunlovchi xulosa qiladi. 
Tinglaydi 
Yozib oladi 
 
Ma‘ruza matni 
Karies-bu so‘z lotincha suyak chirishi ma‘nosini anglatadi. Ilmiy jihatdan karies-tishlarni 
emal, dentin to‘qimalarining asosiy qismini tashkil qiluvchi, ularning qattiqligini ta‘minlovchi 
mineral tuzlarning xilma-xil sabablarga ko‘ra yuvilib chiqib ketishi (demineralizastiya) oqibatida 
to‘qimaparining mo‘rtlashuvi, yumshab yemirilishi natijasida tishlar butunlgining buzilishi va 
kovaklar hosil bo‘lish jarayonidir. 
Bugungi kunda ilmiy tekshiruvlar, tajribalarga tayanib olingan ma‘lumotlar tish kariesi 
kasalligini paydo bo‘lishida tish karashlarining ahamiyati juda katta ekanligini ko‘rsatadi. 
Sut tishlari va doimiy tishlar qattiq to‘qimalarini kariesga chalinishi bir xil asosga ega 
ekanligi bugun barchaga ravshandir. Karies jarayoni odatda tish usti karashlari yig`iladigan 
joylardan boshlanadi. Ana shunday joylarda yig`ilib qolgan tish usti karashlaridan streptokokklar 
o‘z faoliyatida foydalanishi natijasida uglevodli ovqat qoldiqlaridan organik kislotalar (sut, 
pirouzum, uksus, olma va boshqa.) hosil bo‘lib, shu atrofdagi chegaralangan emal sohasida RN 
ko‘rsatkichini, pasaytiradi. Uglevodli ovqatlar ko‘proq iste‘mol kilinishi oqibatida tish emali 
sathida RN shunchalik keskinrok pasayishi mumkin. Kislotali muhitni yuzaga keltirishda faol 
ishtrok etuvchi mikroorganizmlar bo‘lib, streptococcus mutans, laktobatsillalar va 
aktinomitsetlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlarning ko‘pchiligi oziq-ovqat tarkibidagi 
shakardan ujayra tashqarisida polisaharid sintez qiladi. Ular esa o‘z navbatida tish usti 
karashlarining asosiga kirib mikroblarni karashlarda mustakam o‘rnashib qolishini ta‘minlaydi. 
Karies kasalligini kelib chiqishida nafaqat uglevodlar turi, balki ularni iste‘mol shakli am 
alohida o‘rin tutarkan. Bir marta ko‘p miqdorda uglevodli ovqat qabul qilishdan ko‘ra oz-ozdan 
tez-tez ularni iste‘mol qilish ko‘proq xavflidir. Ayniqsa ular yopishqoq bo‘lib, ovqatlanishlar 
orasida iste‘mol qilinsa, bunda ularning kariesogen ta‘siri kuchliroq bo‘ladi. 
Yengil parchalanuvchi: glyukoza, saharoza kabi kichik molekulyar og`irlikdagi uglevodlar 
qabuli 1-3 minut ichida pH ko‘rsatkichni 4.4-5.0 darajag‘a pasaytiradi. pH ni odatdagi (7.0-7.4) 
olga kelishi uchun esa 2-2.5 soat vaqt talab qilinadi. Vodorod ionlari qonsenratsiyasini bunday 
o‘zgarishi, ayniqsa pH ko‘rsatkichning 5.5 atrofida bo‘lishi erkin vodorod ionlari tish emal 
qavatiga singib o‘tib, krisstallarni erishiga va demineralizastiyasiga sabab bo‘ladi. 
Demineralizastiya jarayoni so‘lak tarkibida kalsiy va fosfat ionlari konsentrasiyasi talab 
darajada bo‘lganda orqaga qaytishi-ya‘ni reminiralizatsiyaga uchrashi mumkin. Shunday sharoit 
tug`ilganda emal qatlami kristallari remineralizastiyaga uchrab, qayta tiklanadi. 
Taxmin qilinishicha bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan organik kislotalar emal 
tarkibiga diffuziya yo‘li bilan singib kirib ionlarga dissotsiatsiyalanadi va erkinlashgan vodorod 
ionlari kristallar tarkibidagi mineral tuzlar bilan faol-reaksiyaga kirish imqoniyatiga ega bo‘ladi. 
Kariesning boshlang`ich davrida tish yumshoq karashlari ostidagi emal pH muhitning o‘zgarishi 
oqibatida demineralizastiya jarayoniga yuz tutadi. Xastalikning bu bosqichida "oq dog‘`" hosil 
bo‘ladi. Patologik jarayon "oq dog‘`" bosqichida to‘la orqaga qaytib, emal krisstallari to‘liq 
tiklanishi mumkin. Bunda remineralizastiya jaroxatlangan emalning ostki qavatlari va tish 
atrofidagi so‘lak tarkibidan o‘tadigan mineral tuzlar hisobiga bo‘ladi. 

Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish