1. Fissurit va fissurit-F -
ftor saqlovchi, galogen lampa nurida qotuvchi «VOKO»
firmasining germetik preparatidir. Mazkur germetiklar kuchsiz yopishqoqlik xususiyatiga ega
bo`lgan metakrilat kislotasining hosilasi bo`lib, chaynov tishlar fissuralarini kariesga qarshi
muhrlashda ishlatiladi. Fissuritlar tarkibiga qo`shiladigan oyna zarrachalarining 99%-i 1 mikron
o`lchamga egadir, bu esa preparatga, yaxshi singib kirish xususiyatini beradi.
2. Fissulayt-LS
Rossiyaning «VladMIVA» firmasining mahsuloti. Organik biriktiruvchi
alyumoftorsilikat to`ldiruvchi kompozit material bo`lib, uning tarkibiga kiruvchi, ftor saqlovchi
noorganik komponenti profilaktik ta‘sir ko`rsatadi. Ortofosfor kislotasining mavjudligi germetik
qo`llashdan oldin maxsus kislotali ishlovga ojat qoldirmaydi. "Fissulayt-LS" adgeziyasi emal
gidroksiapatiti bilan kimyoviy birikishiga asoslangan bo`lib, galogen lampa nurida qotib 24 soat
mobaynida emal yuzasida saqlanadi.
3. Fissulayt
- kislotali ishlovsiz emal yuzasiga yotqiziladigan germetik. Galogen lampa nurida
qotuvchi bu silant tarkibida quyidagilarni tutadi:
-oligokarbonat metakrilat;
-trietilenglikol dimetakrilat;
-fosforli oligoefirakrilat;
-polimerizatsiyani kuchaytiruvchi va susaytiruvchi katalizatorlar.
Bo‘lardan tashqari yana qator nurda qotuvchi germetiklar mavjud. Ba‘zi birlarini sanab
o`tamiz: Nuva-sil, A1ra-se1, Esre-717, Tr2206, Bariton-L3, "Folakor". Ftor saqlovchi
germetiklardan Fluro sheld (AKS), Eroxulite-9075 (AKS).
II.Mustaqil qotuvchi germetiklar:
Germetiklar sifatida ko`pchilik ollarda o`zi qotuvchi kompozitsion materiallardan ham
foydalanish qulaylik tug`dirishi bilan birgalikda, samarali bo`lib hisoblanadi. Bo‘lardan bizga
tanish bo`lgan evikrol, qonsayz, lyumiqon va boshqalar. Oddiy sementlardan: Silidont-Beladont,
Silitsin-Belatsin va 5% li natriy ftorid saqlovchi fosfat sement va boshqalar.
Fissuralarni muhrlab yuqori natijalar olish uchun iloji boricha
chaynov tishlar chiqib bo`lgan
zaoti germetiklar bilan fissuralarni yopish maqsadli hisoblanadi.
Germetik preparatlar doimo yaxshilab tozalanib, quritilgan yuzalarga yotqizilishi lozim.
Ana shunday sharoitni hosil qilish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1. Tishlarni cho`tka-yordamida ftor saqlamaydigan pastalar bilan tozalab yuvish lozim. Ftor
saqlovchi pastalar bilan tishlar yuvilganda emal tekshikchalari yopilib, ularni kislotalar bilan
ishlovini samarasi pasayadi, bu esa germetik qobiqni tez tushib ketishiga olib keladi.
2. Chaynov yuzasini qo`shimcha ravishda aylanma cho`tka, rezina g`altakcha yordamida abraziv
moddalardan foydalanib tozalash.
3. Qolgan-qutgan karashlarni suv-havo oqimi bilan tozalash.
4. Tishlarni so`lakdan paxta bolishlar yordamida ajratish yoki so`lak so`rish asbobida so`lakni
quritish.
5. 30 sekund mobaynida tishlar yoki tish yuzasini obdon quritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |