Yuzaki-faol moddalar guruhi.
Dimeksid (dimetilsulfaksid, DMSO) -
notoksik modda boklib, kokk mikrofloraga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi,uning
yallig'lanishga qarshi xususiyati ham mavjud. Biologik membranalardan
oson so‘rilib, boshqa dori moddalariga y o ‘l ochib beradi.U asosan 20 foizli
suvli eritma sifatida qo'llaniladi.
Ildiz kanalini kimyoviy kengaytiruvchi preparatlari.Asosiy
m odda
b o ‘lib, etilendiamintetra-uksus kislotasining
(EDTA)
natriyli tuzi hisoblana
di. Bu modda dentin to‘qimasida kalsiy moddasi bilan qo‘shiiib kompleks
birikmani hosil qiladi va natijada uni eritib yuboradi. Klinikada asosan 20
foiz Trilon B, Canal +, Largal ultra, rc-prep va boshqalar qo‘llaniladi. Ildiz
kanaliga dorili ishlov berilganda preparatlar tarkibiga kortikosteroidlardan
deksametazon, antibiotiklardan gentamitsin, polimeksin, undan tashqari parax-
lorfenol, timol, fenol, formaldegid, evgenol, rezorsin, endosept, cresophene,
septomixin, endotine, rookie, S, 4 et 8, tempophore va boshqa preparatlar
qo‘shilishi mumkin.
Ildiz kanalini impregnatsiya qilish.
Impregnatsiya (shimdirish) rezor-
sin-formalinli, kumushlash va yod-elektroforez usullari yomon o'tuvchi il
diz kanallarida qo'llaniladi.
Rezorsin-formalinli usul Albrext tomonidan taklif qilingan. Rezorsin-
formalinli aralashma 40 foizli formalin, to‘yingan rezorsin va katalizator
sifatida 10 foizli ishqoriy natriydan tashkil topgan. Bu aralashma makro va
mikrokanallarga shimiladi hamda polimerlashtirish reaksiyasi natijasida gazsi-
mon formaldegid ajraladi, xuddi shu bilan bakterisid ta’sir kokrsatadi. Katali
zator ta’sirida aralashma avval jelatinsimon, keyin qattiq shishasimon massa-
ga aylanadi va m akro, m ikrokanallarni yaxshi germ etik berkitadi.
A.I.Yevdokimov katalizator sifatida antiformin eritmasini qo‘llashni lozim-
ligini aytgan. F.M. Mamedova esa 10 foizli rezorsin, 10 foizli formalin va
katalizator sifatida 5 foizli natriy bikarbonatni taklif etgan.
Rezorsin-formalin usuli dentin kanalchalariga bakteritsid ta’sir ko'rsatib,
ildiz pulpasini impregnatsiya qilib, mum holatiga olib keladi.
Lekin rezorsin-formalin usuli quyidagi kamchiliklardan xoli emas:
1 .Tish rangini pushti rangga bo‘yab q o ‘yadi.
2. Periodontga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Kumushlash usulida kumush kanallarga bakteritsid ta’sir ko*rsatadi. Chunki
kumush organik moddalar bilan reaksiyaga kirib, albuminat hosil qiladi va u
makro, mikrokanallarni sifatli obturatsiya etadi. Kumushlash usulini 1925-
yilda Gou ilgari surgan. Keyinchalik bu usul Govseev, Pekker va Platonov
tomonlaridan modifikatsiya qilingan. Hozirda 30 foizli A gN 03 va 4 foizli
gidroxinon (Ya.S. Pekker buyicha), 30 foizli AgNCX,, 30 foizli nashatir spirti
va 10 foizli formalin (E.E. Platonov buyicha), 3,0- argentum nitrati, 50,0-
kaustik ammoniy va 10 foizli formalin (Gou buyicha); 3 foizli A gN 03 va 4
foizli gidroxinon (Govseev buyicha) usullari q o ‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |