Shovqinbardosh kodlar klassifikatsiyasi
Shovqinbardosh kodlar taqsimlangan va taqsimlanmagan kodlarga bo‘linadi. Agar kodli kombinatsiyalarda kombinatsiyadagi razryadlar soni bir xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlangan kodlar deyiladi.
Agarda kodli kombinatsiyalardagi razryadlar soni xar xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlanmagan kodlar deyiladi.
Teng taqsimlangan kodlar ikki turga bo‘linadi:
Blokli;
Uzluksiz.
Blokli kodlar uzatilayotgan axborotli ketma-ketlik aloxida kodli kombinatsiyalarga bo‘linadi va ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xolda kodlanadi va dekoderlanadi.
Bu xolat uzatilayotgan xabarga n ta elementlardan tashkil topgan blok yoki xar xil elementlardan iborat bo‘lgan blok mos keladi.
Uzluksiz kodlar esa axborotli razryadlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat va ularni bo‘laklarga bo‘lib bo‘lmaydi. Bunday kodlarda informatsion razryadlar orasiga ortiqcha razryadlar ma’lum tartibda joylashtiriladi.
Blokli kodlar. Blokli kodlar o‘z navbatida bo‘linuvchi va bo‘linmaydigan kodlarga ajraladi. Bo‘linuvchi kodlarda axborot va tekshiruvchi razryadlar bo‘lib, ular aniq bir - biridan ajratilgan xolda bo‘ladi. Bunday kodlar (n,k) kabi belgilanadi,
n - blokli kodli kombinatsiyadagi umumiy razryadlar soni;
k – axborot razryadlar soni;
r = n - k tekshiruvchi razryadlar soni.
Tekshiruvchi razryadlar (r) yordamida kodli kombinatsiyadagi xato qabul qilingan razryadlarni aniqlash va ularni to‘g‘rilash mumkin.
Bo‘linmaydigan kodlardagi razryadlarning qaysi birlari axborot, qaysi birlari tekshiruvchi ekanligini ajratib bo‘lmaydi.
Chiziqli kodlar. Bo‘linuvchi kodlar ham o‘z navbatida chiziqli va nochiziqli kodlarga bo‘linadi.
Chiziqli kodlar deb – shunday (n,k) blokli bo‘linuvchi kodlarga aytiladiki, ulardagi tekshiruvchi razryadlar, axborot razryadlarning chiziqli kombinatsiyalaridan iborat bo‘ladi. Chiziqli kodlar hozirgi kunda eng keng tarqalgan kodlar sarasiga kiradi. Bunga misol sifatida siklik kodlarni keltirish mumkin. Quyida shovqinbardosh kodlarning parametrlari haqida fikr yuritamiz.
Ikkita kodli kombinatsiyaning kod masofasi (d) deb – shu ikkita kodli kombinatsiyalarning o‘zaro farq qiluvchi razryadlar soniga aytiladi. Masalan: 11011 va 00010 kombinatsiyalar orasidagi kod masofasi 3 ga teng. Chunki ular birinchi, ikkinchi va beshinchi razryadlar bilan farq qiladi.
Koddagi kod masofalarining eng kichigiga Xemming masofasi deyiladi – d0.
Do'stlaringiz bilan baham: |