Stegonografiya


Shovqinbardosh kodlarning qo‘llanilishi



Download 0,55 Mb.
bet7/8
Sana14.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#667996
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1mustaqil ish

Shovqinbardosh kodlarning qo‘llanilishi. Shovqinbardosh kodlar quyidagi vazifalarda qo‘llanilishi mumkin:

  1. Xatoni aniqlovchi kodlar;

  2. Xatoni aniqlovchi va to‘g‘rilovchi kodlar.

Xatoni aniqlovchi kodlar uchun minimal kod masofasi quyidagi tengsizlikni qanoatlantirishi lozim:
d0 ≥ tA + 1
d0 – minimal kod masofasi yoki Xemming masofasi;
tA – aniqlanadigan xatolar soni.
Xatoni to‘g‘irlovchi kodlar uchun minimal kod masofasi quyidagi tengsizlik bajarilganda o‘rinli bo‘ladi:
d0 ≥ 2 tT + 1
tt - kodli kombinatsiyalardagi to‘g‘rilanuvchi xatolar soni.
Minimal masofaning ortishi bilan kodlarning korreksiyalash xususiyati ortib boradi.
Shovqinbardosh kodlar parametrlari:
1. n- kod uzunligi;
2. m – kod asosi;
3. Nr =2k – kod quvvati (ruxsat etilgan kombinatsiyalar soni);
4. N=2nkodli kombinatsiyalarning butun (jami) soni;
5. k – axborot razryadlari soni;
6. r – tekshiruvchi razryadlar soni;
7. r/n – ortiqcha kodlar
8. k/n – kod tezligi;
9. W – vaznli kombinatsiyalar soni (kodli kombinatsiyalar nol bo‘lmagan soni);
10. d – kod masofasi (razryadlar soni, ya’ni bitta ruxsat etilgan kombinatsiya boshqasidan farq qilishi uchun);
11. M(W) – kodning vazn spektri (berilgan vaznning kombinatsiyalar soni);
12. Rt.x – topilmagan xatolik extimolligi.
Ruxsat etilgan kombinatsiyalar soni Nr o‘zgarmas bo‘lganda, kod masofasi (d) ortishi uchun N-Np man etilgan kombinatsiyalarning sonini orttirish lozim. Bu xolatda kodli kombinatsiyaning ortiqchaligi ortadi:


k – axborot razryadlar soni;
n – umumiy razryadlar soni;
R – kodli kombinatsiyaning ortiqchaligi yoki ortiqchalik koeffitsienti.
Korreksiyalovchi kodlarning ortiqchaligi axborot uzatish tezligini kamayishiga olib keladi. Bu esa uning asosiy kamchiligidir. Ammo bu kodlarning ishlatilishi uzatish ishonchliligini ortishini ta’minlaydi.
Kod tA karralik xatolarni aniqlashi va tto‘g‘irlash karralik xatolarni to‘g‘irlashi uchun, kod masofasi quyidagi tengsizlikni qanoatlantirishi lozim:
d 0 ≥ t A + t T + 1
d0 = 3 kod masofasi uchun tekshiruvchi razryadlar soni r va umumiy razryadlar soni n orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud:
r ≥ log 2 ( n + 1)
Kod uzunligi n = k + r – kodli kombinatsiyadagi umumiy razryadlar soni.
Tekshiruvchi razryadlar soni r – xatolarni korreksiyalash uchun zarur bo‘lgan kodli kombinatsiyadagi razryadlar soni.
Kod asosi (m) – kodli kombinatsiyadagi bir – biridan farq qiluvchi impuls belgilarining qiymatlar soni. Impuls belgilarining qiymati sifatida 0 va 1 raqamlaridan foydalaniladi.
Kodning quvvati (Nr) – xabarni uzatish uchun foydalaniladigan kodli kombinatsiyalar soni:
Nr = 2k
Kodli kombinatsiyalarning umumiy soni N – mumkin bo‘lgan xamma kombinatsiyalar soni:
N = mn
Kodli kombinatsiyaning vazni (ω) – kodli kombinatsiyadagi birlar soniga teng bo‘ladi. Masalan: 10011111000 dagi umumiy razryadlar soni n =11, vazni ω = 6 ga teng.
Kodning sonli xarakteristikasi W (ω) – ω vaznli kodli kombinatsiyalar soni. Masalan 00000, 01110, 10101, 11011 kodli kombinatsiyalardan iborat bo‘lgan kodning sonli xarakteristikasi quyidagicha:
W (0) = 1; W (3) = 2; W (4) = 1

Topilmagan xatolar extimolligi (Rt.x) – qabul qilingan kodli kombinatsiya uzatilgandan farq qilganda kod buni farqlash xususiyatiga ega emas. Mana shu xodisa ro‘y berishi extimolligi – topilmagan xatolar extimolligi (Rt.x) deyiladi.


Ruxsat etilgan kodli kombinatsiyalar soni (Nr) – xabarlarni uzatish uchun qo‘llanadigan kodli kombinatsiyalar soni quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


Nr = 2 k



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish